“Bavariya“ rozi bo'ldi
09 iyu 10:28
Yangiliklar
“Bavariya“ rozi bo'ldi
“Bavariya“ “Milan“ va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leaoni sotib olish ustida ishlamoqda.
Insayder Pedro Almeydaning so'zlariga ko'ra, myunxenliklar klubi tez orada rossonerilarga 25 yoshli futbolchi uchun 100 million evro miqdorida rasmiy taklif bilan chiqadi. Bu “Milan“ talab qilayotgan mablag' hisoblanadi.
Avvalroq, nemis jamoasi 60 million evro taklif qilgandi. Biroq milanliklarga ushbu taklif maqul kelmagandi.
Leao 2019 yilning yozida 49,5 million evro evaziga "Lill"dan "Milan"ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda portugaliyalik klub miqyosida 50 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar