So’nggi yangiliklar

10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  1 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  4 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  2 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  237 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6

"Barselona"da boshdan kechirgan davrim men uchun eng qiyin paytlar bo'ldi" Yangiliklar

"Barselona"da boshdan kechirgan davrim men uchun eng qiyin paytlar bo'ldi"

Vitor Roke "Barselona"dagi qiyin davri haqida gapirdi.

Hujumchi o'tgan qishda "Atletiko Paranaense"dan "Barselona"ga o'tgan edi. U La Ligada 14ta o'yinda maydonga tushdi, har o'yinda o'rtacha 22 daqiqa harakat qildi xolos. Ushbu yozda esa 19 yoshli futbolchi sotib olish huquqi bilan "Betis"ga ijaraga berib yuborildi.

- "Barselona"da boshdan kechirgan davrim men uchun eng qiyin paytlar bo'ldi. Lekin, yaratganga shukrlar bo'lsinki, oilam mening yonimda edi. Agar siz baxtli bo'lmasangiz va o'zingizga ishonch bo'lmasa, ishlar yomonlashadi.

Bazan onamga: "Menga bularning hammasi kerak emas, men baxtli bo'lishim kerak, bu eng muhimi", deb aytardim. Ammo bazida siz ularni engib o'tish uchun bunday narsalarni boshdan kechirishingiz kerak. SHunda bu oson jarayon emasligini tushunasiz va oldinga intilishda davom etasiz.

- Taslim bo'lish haqida o'ylaganmisiz?

- Ha. Men fermaga (Braziliyada) borishni va hech kim meni bezovta qilmasligini xohlayman deb o'ylab qolardim. CHunki, bazida bunday darajada ko'p bosimni ko'tarish qiyin.

Lekin oldinga siljish, ruxiy kuchga ega bo'lish, katta ishtiyoq bilan ishlashda davom etsangiz hammasi yaxshi bo'ladi. Menda asta-sekinlik bilan to'liq baxt va ishonch qaytmoqda", - dedi "Betis" hujumchisi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика