"Barselona" Uilyamsning transferi barbod bo'lgach, etiborini "Liverpul" futbolchisiga qaratdi
04 iyu 18:14
Yangiliklar


"Barselona" Uilyamsning transferi barbod bo'lgach, etiborini "Liverpul" futbolchisiga qaratdi
"Barselona" vinger Niko Uilyamsni qo'lga kirita olmadi.
22 yoshli futbolchi "Atletik" bilan 10 mavsumga mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Nufuzli insayder Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Barselona" Uilyams transferi barbod bo'lganidan so'ng yaqin kunlar yoki haftalar ichida "Liverpul"dan Luis Diasni qo'lga kiritishga jiddiy harakat qilmoqchi.
Qayd etilishicha, 28 yoshli Dias bilan shartnoma imzolash qiyin bo'ladi, chunki "Liverpul” avvalroq "Barselona" va "Bavariya"dan tushgan takliflarni rad etgandi. Transfermarkt portali futbolchini 70 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar