"Barselona" yana Reshford bilan muzokaralarni boshladi
06 iyu 23:32
Yangiliklar


"Barselona" yana Reshford bilan muzokaralarni boshladi
"Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bilan ehtimoliy transfer bo'yicha muloqotni davom ettirmoqda.
Bu haqda nufuzli insayder Florian Plattenberg malum qildi.
Klub Niko Uilyams bilan kelisha olmagach, hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun faol harakat qilmoqda. Avvalroq ustuvor variantlardan biri "Liverpul" vakili Luis Dias edi, ammo hozir uning transferi amalga oshishi dargumon. Shu fonda "ko'k-anorranglilar" Reshford nomzodiga qaytdi.
Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi ham klubini o'zgartirishga tayyor va avvalroq yozda MYUni tark etish istagini bildirgan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar