"Barselona" Kanselu haqidagi barcha xabarlarni sayt va ijtimoiy tarmoqlardan o'chirib tashladi
13 jan 20:33
Yangiliklar
"Barselona" Kanselu haqidagi barcha xabarlarni sayt va ijtimoiy tarmoqlardan o'chirib tashladi
"Barselona" Kanselu bilan shartnoma imzolagani haqidagi xabarni o'chirib tashladi.
"Barselona" Joau Kanselunning o'tishi haqidagi elonlarni olib tashladi. Bugun Kataloniya klubi "Al Hilol" himoyachisini mavsumning oxirigacha ijaraga olganini malum qildi.
Biroq, keyinroq "Barselona" Portugaliya terma jamoasi futbolchisining o'tishi haqidagi barcha xabarlarni o'z sayti va ijtimoiy tarmoqlaridan olib tashladi. Hozirda saytda faqat portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'tgani haqidagi malumot qolgan.
Kataloniyalik jurnalist Alfredo Martinesning aytishicha, ehtimol, "Al Hilol" talab qilayotgan va yaqin orada olinishi kerak bo'lgan hujjat hali taqdim etilmagan. Ammo raqamlar va boshqa tafsilotlar allaqachon to'liq kelishib olingan. Transfer bekor bo'lish xavfi ostida emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar