“Barselona“ futbolchisi “Chelsi“ga o'tishi mumkin
04 iyu 09:53
Yangiliklar


“Barselona“ futbolchisi “Chelsi“ga o'tishi mumkin
“Barselona“ yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini “Chelsi“da davom ettirishi mumkin.
Bu haqida Sport.es nashri xabar bermoqda. Kataloniyaliklar futbolchini yaxshi summaga sotishga rozi. Ular 21 yoshli futbolchining transferidan 30 million evroga yaqin pul ishlab olishmoqchi. Bu yo'l bilan ular moliyaviy feyr-pleylarini yaxshilab olishni maqsad qilishgan.
Mark Kasado o'tgan mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar