"Barselona" bosh murabbiyi "Real"ga qarshi bahsdan so'ng nimalar dedi?
17 avg 2017 11:13
Yangiliklar
"Barselona" bosh murabbiyi "Real"ga qarshi bahsdan so'ng nimalar dedi?
Ikki o'yin bo'yicha umumiy hisob 5:1 bo'ldi.
"Biz sovrinli bahsda mag'lub bo'ldik. Raqib vaqti-vaqti bilan kuchliroq ko'rindi, ayniqsa birinchi bo'lim boshi va oxirida. Bizda o'yinni o'zgartirib yuborish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib pressingda faol bo'ldi va to'p yo'qotganimiz uchun jazolashdi. Jismoniy tomondan tezroq tiklanib olishimiz lozim, chunki tez orada Ispaniya chempionati start oladi. Superkubok - mavsumoldi tayyorgarlikning yakuni va biz bu sovrinni yutmoqchi edik. Oyoqqa turib, oldinga harakatlanishda davom etish lozim - boshqa yo'l yo'q. "Real"ning kuchini tan olish lozim, ammo hammasi endi boshlanmoqda. Bizni uzoq mavsum kutib turibdi. Futbolda mag'lub bo'lmaydiganlar bo'lmaydi va "Real" ham mag'lub bo'lishiga shubham yo'q" - deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar