So’nggi yangiliklar

11:21Беллингем қачон майдонга қайтади?  2 10:54"Реал" МЮнинг трансфер мақсадини "илиб кетмоқчи"  1 10:21"Манчестер Сити" ва "Челси" товон пули 500 миллион евролик футболчига қизиқиш билдирмоқда  1 09:52"Ливерпуль" ёзда олти ўйинчи билан хайрлашиши мумкин  2 09:20Европа лигаси чорак финал жуфтликлари маълум  0 08:50Суперлига. Бугун 4-тур якунланади  12 08:12ФИФА Исроилга нисбатан санкциялар жорий қилди  12 07:38Ўсмирларимиз иккинчи учрашувда жанговар дуранг ўйнашди  0 01:32Европа лигаси. "Ноттингем Форест" аранг вазифани бажарди ва бошқа натижалар  3 00:57АПЛнинг уч клуби ва саудияликлар тўпурар ҳужумчи учун курашмоқда  0 00:38"Реал"нинг февраль ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 00:13Инфантино Эроннинг ЖЧ-2026даги иштироки ҳақида: "Биз футбол орқали барчани ҳамжиҳат қилишни тарғиб қилмоқчимиз"  8 23:50Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" 3:1   3 23:35"Челси" ҳимоячиси 1 ярим ойга сафдан чиқди  1 23:11ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  2

"Barselona" 5 yil davomida Neymarga 45,9 mln. evro to'lashga kafolat bergan Yangiliklar

"Barselona" 5 yil davomida Neymarga 45,9 mln. evro to'lashga kafolat bergan

Teglar :  Neymar
"Barselona" Braziliya terma jamoasi Neymarga shartnoma imzolaganidan so'ng unga 5 yil davomida 45,9 mln. evro to'lashga kafolat bergan.

Malumotlarga ko'ra, Neymarning rasmiy yillik maoshi 5 mln. evro etib belgilangan, ammo futbolchi bonuslar tufayli ko'proq mablag' ishlab oladi. Agar 2018 yilning yozigacha "Barselona" Neymarga 45,9 mln. to'lay olmasa, har qanday holatda ham bu pullarni futbolchining hisobiga o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Neymar 2013 yilda Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagani uchun 8,5 mln. evro olgan.

Neymarning bonuslari quyidagicha taqsimlanadi: har bir uchrashuvda "Barselona" qaydnomasiga kirsa (maydonga tushishi yoki tushmasligidan qatiy nazar) 100 ming evro. Agar u mavsumning 62% o'yinlarida ishtirok etsa 1 mln. 62 ming evro oladi. "Barselona" saralash bosqichisiz CHempionlar ligasida ishtirok etsa 637 ming evro (har mavsumga) ishlab oladi. Jamoa guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlasa uning hisobiga 425 ming evro o'tkaziladi.

"Oltin to'p" uchun - 425 ming evro.

Ispaniya chempionligi uchun - 637 ming evro.

CHempionlar ligasidagi oltin medal uchun - 850 ming evro.

Ispaniya chempionati va Kubogidagi g'alaba uchun - 850 ming evro.

Mamlakat Kubogi va CHempionlar ligasi uchun - 1 mln. 62 ming evro.

Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasi uchun - 1 mln. 487 ming evro.

Ispaniya chempionati va Kubogi, CHempionlar ligasi uchun - 1,7 mln. evro.

Agar Neymar qo'lga kiritilgan turnir uchrashuvlarining 60%dan kamrog'ida ishtirok etsa - ko'rsatilgan mablag'ning yarmi to'lanadi.

SHartnomada Neymar ispan tilini o'rganishi kerakligi haqida ham band bor.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика