"Barsa" Arauxoga 5 mln evro maosh taklif qildi. MYU va "Liverpul" ikki barobar ko'proq to'lashga tayyor
24 mar 2022 23:12
Yangiliklar
"Barsa" Arauxoga 5 mln evro maosh taklif qildi. MYU va "Liverpul" ikki barobar ko'proq to'lashga tayyor
Himoyachiga grand klublar qiziqish bildirishmoqda.
"Barselona" klubi o'z himoyachisi Ronald Arauxoga yiliga 5 mln evro maosh berishga tayyor. Klub himoyachi bu shartlarga rozi bo'lishiga ishonmoqda. Ammo "Barsa" va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar oson o'tmayapti.
Ronald Arauxoga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari ham qiziqishmoqda. Ingliz klublari futbolchiga "Barselona"ga qaraganda ikki barobar ko'p maosh berishga tayyorlar. Futbolchining o'zi esa shartnoma shartlari qoniqtirsa, "Barselona"da qolishga rozi.
Eslatib o'tamiz, Ronald Arauxoning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
02:05
"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ni mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi 227
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar