So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Bahrom Xakimov: "Nasaf"da tizim to'g'ri yo'lga qo'yilganligi va yoshlarga etiborning kuchli ekani jamoani shu bosqichga etaklab keldi" Yangiliklar

Bahrom Xakimov: "Nasaf"da tizim to'g'ri yo'lga qo'yilganligi va yoshlarga etiborning kuchli ekani jamoani shu bosqichga etaklab keldi"

Barchangizga malum, Qarshining "Nasaf" klubi OCHLda guruh bosqichidan chiqish vazifasini uddasidan chiqdi.

Biz jamoaning sobiq bosh murabbiyi Bahrom Xakimov bilan qarshiliklar erishgan natijalarning kelib chiqish omillari haqida suhbatlashdik.

- Bahrom aka, siz "Nasaf" taqdiriga befarq bo'lmagan insonsiz. Jamoa hozir OCHLda guruh bosqichidan muvaffaqtyatli o'ta oldi. Mazkur tarixiy natija haqida fikrlaringiz qanday?

- Maqtashga kirib qolmasinu, "Nasaf" juda chiroyli futbol namoyish etmoqda. Namanganda "Navbahor" bilan kechgan o'yinni kuzatdim, barchasi alo darajada amalga oshirilmoqda. Jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan vaqtlarimda Ro'ziqul Berdiev jamoa sardori edi. Qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta olardi, haqiqiy etakchi futbolchi bo'lgan. Men hozir bunday murabbiyga o'z vaqtida ustozlik qilganimdan faxrlanayapman. Jamoani uzatmalar qanday ishlashiga etibor qarating, futbolchilarning jismoniy imkoniyatlariga nazar tashlang, qoyil qolmasdan iloj yo'q. Bizni vaqt bilan 01:15da boshlangan o'yinlarda ham ular o'zlarini juda yaxshi ko'rsata olishdi, yani o'sha xududning iqlimiga, vaqtiga moslashish ular uchun qiyinchilik tug'dirmadi. Mazkur tarixiy natija bilan barcha o'zbek futbol muxlislarini, Qashqadaryo ahlini tabriklayman. 

- Jamoa tarkibi kamtarona bo'lsa ham keyingi bosqich vazifasi uddalandi. Buning asosiy omili nimada deb o'ylaysiz?

- Jamoaning o'yini aniq uzatmalar asosida tashkil etilmoqda. Ko'plab yosh futbolchilarga qo'rqmay ishonch bildirilgan xolda kashf etilayapti. Bularning asosiy omili klubda akademiya yaxshi rivojlangani bilan bog'liq. "Nasaf"da murabbiylik qilgan vaqtimda stadion va akademiyalar qurilishiga guvoh bo'lganman. Yodimda bor, rahmatlik Nuriddin Zayniev meni yarim tunda chaqirtirgandilar. O'shanda u kishi zimmasida boshqa vazifalari bo'lishiga qaramasdan vaqt topib barcha jarayonlar bilan tanishib chiqqandilar. 

"Nasaf" yoshlarga, bolalar futboliga oid qanday musobaqa haqida eshitib qolsa, albatta qatnashadi. Barcha yosh toifasidagi futbolchilarini erinmasdan jalb etadi. Hozirda jamoa asosan mahalliy futbolchilarni tarkibga jalb etishga harakat qilmoqda. Ayni damda o'zim "Turon" yoshlari bilan ishlamoqdaman. Bu klubda ham "Nasaf" singari tizimni yo'lga qo'yish harakatidamiz. "Turon" rahbariyati ham  futbol rivoji uchun samarali ishlarni amalga oshirishmoqda. Mahalliy yoshlarga etibor qaratish, ularni futbolga jalb etish asosiy vazifalarimdan hisoblanadi. Futbolchilarni bosqichma-bosqich o'zimiz tayyorlab borsak, kam harajat bilan ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. "Turon" mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritsa, U-21 jamoasi uchun tayyor futbolchilar shakllangan bo'ladi. 

"Nasaf"da tizim to'g'ri yo'lga qo'yilgan, har bir yosh futbolchining katta futbolga qadar bosib o'tadigan yo'li aniq reja asosida amalga oshiriladi. Maqtanish emasku, mening bosh murabbiylik vaqtimda ham Kenjaev, Qoraev kabi mahoratli futbolchilar etishib chiqqan. Bular safiga Xamroev, Toshmatovlarni ham qo'shish mumkin. Zafar Xolmurodov ayni o'sha davrda tanildi. Takror aytaman, mutaxassis sifatida ayni damda Ro'ziqul Berdiev va uning jamoasiga haqiqatdan ham qoyil qolayapman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика