Bahrom Haydarov: Nematillo Quttiboev o'z xarakterini Aral jamoasiga singdira olmoqda
25 okt 2024 10:58
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: Nematillo Quttiboev o'z xarakterini Aral jamoasiga singdira olmoqda
Juda qiyin uchrashuv bo'ldi. «Aral» oxirgacha o'ynaydigan jamoa. Jamoa doim tajovuzkor va oxirgacha harakat qiladi. Bu xislat ularga murabbiylari Nematillo Quttiboevdan o'tgan deb aytsam, mubolag'a bo'lmaydi. U ham futbolchilik faoliyatida doim oldinga harakat qilgan va har bir to'p uchun oxirgacha kurash olib borgan. Nematillo Quttiboev o'z xarakterini «Aral» jamoasiga singdira olmoqda. SHuningdek, nukusliklar sardori Salamat Quttiboevni o'yinlarini alohida takidlab o'tish lozim. U shu yoshida ham yoshlarga o'rnak bo'lmoqda.
O'yin haqida gapirsak, o'yinda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Bo'lim so'nggida biroz xotirjamlikka berildik va gol o'tkazib yubordik. SHu sababli o'yin oxiri biroz asabiy o'tdi. O'yindagi harakatlarimizni hali to'liq o'rganib chiqamiz va xatolarimizni to'g'irlaymiz.
Bu turda «Buxoro» mag'lub bo'ldi va jamoalar o'rtasidagi farq 7 ochkoni tashkil qilmoqda...
Biz oxirgacha kurashamiz. Jamoa so'nggi to'rtta turda maksimal darajada ochko to'plashga harakat qilamiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar