Bahodir Seytkamolov: "Meni Seytkamolov qilgan "Navbahor" bo'ladi, Rossiyada yurdim lekin futbolni sog'indim"
25 dek 2024 19:10
Yangiliklar
Bahodir Seytkamolov: "Meni Seytkamolov qilgan "Navbahor" bo'ladi, Rossiyada yurdim lekin futbolni sog'indim"
Unda Sanjar Tursunov, Oleg Zoteev, Egor Krimec, Farhod Tojiev singari nomdor sobiq futbolchilar, bugungi kunda ham maydonda javlon urayotganlarni uchratish mumkin edi. Ular orasida 1999-2000 yillarda "Navbahor", "Paxtakor", O'zbekiston MTJ libosida to'p tepgan, gollar urgan Bahodir Seytkamolov ham bor edi. Uzoq vaqtdan so'ng ko'rinish bergan sobiq to'p teparning bugungi kundagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Hayotda, futbolda har xil voqealar bo'lib turar ekan. Yana futbolga qaytdim, murabbiylikka o'qishni boshladim. Faxriylar jamoalarida o'ynayapman. Rossiyada yurdim o'xshamadi. Turlicha sohalarda o'zimni sinab ko'rdim. Lekin futbolni sog'indim. O'FAga licenziyaga o'qitayotgani uchun rahmat. O'zimda yana umid, ishonch uyg'ondi. Qo'limizdan kelgancha o'zbek futboliga yordam beramiz.

- Futbolchilik faoliyatim yaxshi kechgan. Terma jamoada safida JCH-2002 saralashida qatnashgandik. Tarkibimizda top futbolchilar ko'p edi. Har doimgidek ozgina mayda detallar etishmasdi. Kichik-kichik xatolar yig'ilib pand bergan. Bundan keyin ham imkoniyatlar bo'ldi. Uni qanday olib ketish o'zimning qo'limda edi. Ko'p xatolar qildim. Mayli hammasi ortda qoldi.Bundan buyon yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. Meni Seytkamolov qilgan, yangi qirralarimni ochgan "Navbahor" bo'ladi. Viktor Jalilov Namanganga chaqirgan. Namanganlik muxlislarga doim besh ketaman. Ularga o'z salomimni yo'llayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar