So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Babayanning licenziyasi vaqtincha qaytarib olindi Yangiliklar

Babayanning licenziyasi vaqtincha qaytarib olindi

Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Navbahor lochinlari" uchrashuvi yakunida ko'ngilsiz voqea kelib chiqqani bir qator sport nashrlari tomonidan malum qilindi.

Unga ko'ra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kirish chog'ida futbol muxlislaridan biri bilan tortishib qolgan. 

Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashgan. Babayanning baland ovozda xunuk so'zlar bilan baqirayotganini eshitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan ko'chaga yugurib chiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tushirmoqda degan fikrda, o'z sheriklaridan Championat.asia nashri vakilining telefonini tortib olish hamda undagi videotasvirlarni o'chirib tashlashni talab qilgan. SHundan keyin Babayanning sherigi hamda O'zPFL tomonidan shu yilning 26 fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditaciya olgan Farhod Umaraliev jurnalistning qo'lidan uning shaxsiy telefonini tortib olib, o'zboshimchalik bilan undagi materiallarni o'chirib tashlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bo'lgan boshqa nashrlar ham tasdiqladi. 

O'zPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida o'zlarini qanday tutishlari aniq ko'rsatib o'tilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham o'zlarini namuna sifatida ko'rsatishlari shart. Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning o'yin vaqtidagi emociyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oshirib yuborilgan vaqtda murabbiy ishini tegishli qo'mitaga oshiramiz. Biroq Samvel Babayan uchrashuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgacha hisob-kitob qilishga urinishi to'g'ri ish emas. Qolaversa, O'zPFL musobaqalarini yoritib boruvchi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini "O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun yo'riqnoma" orqali tartibga soladi, ularga shu asosda akkreditaciya taqdim etiladi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL o'z tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan ish shu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunchilikka to'g'ri keladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zPFL Samvel Babayanning mazkur ishini Tartib-intizom qo'mitasiga oshiradi va unga qadar murabbiyning licenziyasini qaytarib oladi. SHuningdek, qo'mitada ish ko'rib chiqilayotgan vaqtda jazo engilroq bo'lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so'rashga chaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko'ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o'z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditaciya berilgan Farhod Umaralievning akkreditaciyasi ham qaytarib olinadi va u O'zPFL musobaqalari uchun ro'yxatdan qayta o'tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi", – deyiladi rasmiy xabarda.

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика