So’nggi yangiliklar

10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2

BAA chempionati. 1-tur. Xaver Agirre boshchiligidagi "Al Vahda"dan yirik g'alaba Yangiliklar

BAA chempionati. 1-tur. Xaver Agirre boshchiligidagi "Al Vahda"dan yirik g'alaba

Kecha BAA pro-ligasida 1-tur o'yinlari doirasida yana ikki o'yin bo'lib o'tdi.

Bir kun oldin chempionatning ilk o'yinida "Al Ahli" o'z uyida "Al Fujira" klubini 8:1 hisobida taslim qilgani haqida xabar bergandik.

Kecha meksikalik Xaver Agirre boshchiligidagi "Al Vahda" klubi safarda germaniyalik Teo Baker ustozlik qilayotgan "Dabba Al Fujayra" klubi mehmoni bo'ldi. O'yinda mehmonlar yirik hisobda zafar quchishdi. "Vahda" safida argentinalik Sebastyan Tagliabue dublga erishdi, Muhammad Al Akbari va Badr Al Xarti bittadan gol urishdi - 0:4. O'yinning 61-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Bakari Kone qizil kartochka oldi.



"Dabba Al Fujayra" - "Al Vahda" 0:4
Gollar:
Tagliabue 54, 73, Muhammad Al Akbari 82, Badr Al Xarti  90.

"Dabba Al Fujayra" - Abdulla Ali, Bilol Najjarine, Muhammad Hamis, Al Naqbi, Elias, Xalifa Ibrohim (Ahmad Muhammad, 67), Tariq Ahmad, Faysal Ahmad, Umar Ahmad Rashid, Bakari Kone, Boris Kabi (Sanad ALi, 87).
Bosh murabbiy: Teo Baker

"Al Vahda" - Ali Al Husani, Hussayin Fadhel, Odil Basulayman, Hamdam Al Kamoli, Denilson, Abdulla Said, Amir Umar (Muhammad Al Akbari, 79), Sulton Al Gaferi (Xolid Bavazir, 46), Muhammad Al SHehhi, Ismoil Matar (Badr Al Xarti, 83), Tagliabue.
Bosh murabbiy: Xaver Agirre.

Ogohlantirishlar: Kone 45, Kabi 84.
CHetlatish: Kone 61 (ikkinchi ogohlantirish)


Ikkinchi o'yin "Al SHaab" va "Baniyas" o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda ham mehmon jamoa uch ochkoga ega chiqdi. "Baniyas" safida o'tgan mavsum "Selta"da o'ynagan Xoakin Larrivey hisobni ochdi. Argentinalik bu futbolchi o'tgan mavsum primeroda 11ta gol urgandi. Ikkinchi golni esa jazoirlik Ishoq Belfodil maydon egalari darvozasiga urdi. Etiborlisi bu futbolchi o'tgan mavsumni Italiya A seriyasida "Parma" safida o'tkazgan edi.



"Al SHaab" - "Baniyas" 0:2
Gollar:
Xoakin Larrivey 24, Ishoq Belfodil 86.

"Al SHaab" - Al Taveela, Selio, Sabil Obayd, Masud Hasan, Xolid Muhammad, Amro El Soulia, Mansur Al Blushi, Maykl Ndri, Matias Donoso, Faraj Juma (Humaid Solih, 46), Abdulla Eissa (Salim Al Saedi, 77).
Bosh murabbiy: Tariq El Ashri

"Baniyas" - Al Hashmi, Yusuf Jobir, Muhammad Jobir, Masud Sulaymon, Abdul Salom Muhammad, Mark Milligan, Amir Abdulrahmon (Ahmad Muhammad, 89), Habush Solih (Ahmad Al Nubi, 76), Bandar Muhammad (Avana Al Musabi, 82), Xaver Larrivey, Ishoq Belfodil.
Bosh murabbiy: Luis Garsiya

Ogohlantirishlar: Masud Hasan 22, Abdulla Eissa 36, Sabil Obayd 63 - Amir Abdulrahmon 41, Masud Sulaymon 45, Ahmad Al Nubi 88.


Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" klubi o'z o'yinini bugun "SHarja" klubiga qarshi o'tkazadi.

BAA pro ligasi. Musobaqa jadvali

1-tur juftliklari
19 avgust

"Al Ahli" - "Al Fujira" 8:1

20 avgust
"Dabba Al-Fujayra" - "Al-Vahda"  0:4
"Al-SHaab" - "Banni Yas" 0:2

21 avgust
"Al-SHabab" - "SHarja"
"Al-Ayn"  - "Al-Dafra"
"Al-Nasr" - "Emireyts"
"Al-Jazira" - "Al-Vasl"


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика