Ayollar OCHL saralash bosqichiga qura tashlandi. Bu bahslarda qaysi jamoamiz ishtirok etadi?
18 iyu 2024 13:08
Yangiliklar
Ayollar OCHL saralash bosqichiga qura tashlandi. Bu bahslarda qaysi jamoamiz ishtirok etadi?
Bugun ayollar o'rtasida o'tkaziladigan OFK CHempionlar ligasi saralash bosqichiga qura tashlandi.
Saralash bahslarida O'zbekiston sharafini "Nasaf" ayollar jamoasi himoya qiladi. "Ajdarlar" OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun "C" guruhida Malayziyaning "Sabah" va Nepalning "APF" klubiga qarshi o'ynaydi.
Saralash bosqichi o'yinlari 25dan 31 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi.
Agar "Nasaf" bahslarni muvaffaqiyatli yakunlasa guruh bosqichida "Vuxan Jianda" (Xitoy), "Xyonde Stil Red Angels" va "A" saralash guruhi g'olibi bilan o'ynaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar