So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  52 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  28 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  13 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

Aybek Nurbaev: "Pro liga etakchilari orasidagi eng kuchli jamoa bu "Dinamo" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Pro liga etakchilari orasidagi eng kuchli jamoa bu "Dinamo"

Pro liga 17-turidan o'rin olgan "Aral" – "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Aybek Nurbaev uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda "Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. Uch ochko bizga juda zarur edi. "Lokomotiv" bilan durang qayd etgan "Dinamo" ham bu uchrashuvga katta etibor qaratdi. 19 avgustda oxirgi o'yinimizni o'tkazdik. Uch hafta o'yin amaliyotisiz qoldik. SHu sabab ham yigitlarning jismoniy holatida kamchiliklar bo'ldi. Bunday katta pauza bo'lsa, yigitlarni formada ushlab turish qiyin bo'ladi. O'yinga kelsak, ikki taym ikki xil bo'ldi. Birinchi bo'limda "Dinamo" ustunlik qildi, ikkinchi bo'limda esa bizning ustunligimizda o'tdi. Vaziyatlardan foydalana olmadik.

- 15 sentbr kuni "Xorazm"ga qarshi o'yindan so'ng, yana katta pauza yuzaga keladi. O'yinlar orasidagi bunchalik katta tanaffusga fikringiz qanday?

- Bu PFLning qarori. Biz nima ham qila olamiz. Ko'nishdan boshqa ilojimiz yo'q. "Xorazm"ga qarshi o'yin esa olti ochkolik uchrashuv bo'ladi. O'yinga yaxshilab tayyorlanib, bor kuchimizni ishga solamiz. Bugun uchrashuvga kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Kelishgani uchun rahmat deb aytaman. 

- "Dinamo" baribir Superliga darajasidagi jamoa. Birinchi taymda o'yinimiz unchalik ham o'xshamadi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- "Dinamo" tarkibida tajribali o'yinchilar ko'p. Bundan tashqari, legionerlarning tasiri ham jamoa o'yinida bor. SHu jihatlar ularga ustunlik bermoqda. "Dinamo" kubokda ham yarim finalga etib bordi. "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" klublari bilan o'ynadik. Bu uch etakchi jamoalardan eng kuchlisi deb "Dinamo"ni bilaman. "Dinamo" Superligaga loyiq jamoa. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика