"Ayaks" Zinchenkoning jarohati bo'yicha bayonot berdi
17 fev 17:27
Yangiliklar
"Ayaks" Zinchenkoning jarohati bo'yicha bayonot berdi
"Ayaks" o'zining rasmiy saytida himoyachi Aleksandr Zinchenkoning jarohatiga oid bayonot elon qildi.
Qayd etilishicha, tekshiruvlar tizzada jiddiy jarohat borligini va jarrohlik amaliyoti zarurligini ko'rsatgan. Zinchenko yaqin vaqt ichida operaciya qilinadi.
"Ayaks" 29 yoshli futbolchining aniq tiklanish muddatini aytmagan. Tiklanish jarayoni uzoq bo'lishi, Zinchenko uchun mavsum yakunlangani takidlangan.
Odatda bunday jarohatlardan keyin tiklanish kamida yarim yil vaqt oladi — bu ham eng optimistik holatda.
Malumki, ukrainalik futbolchi dam olish kunlari jarohat olgan va "Fortuna"ga qarshi o'yin boshida almashtirilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar