"Ayaks" forvardi Alle ten Xag ortidan MYUga o'tishi mumkin
27 apr 2022 17:38
Yangiliklar
"Ayaks" forvardi Alle ten Xag ortidan MYUga o'tishi mumkin
"Ayaks" hujumchisi Sebastyan Alle Erik ten Xag ortidan "Manchester Yunayted"ga qo'shilishi mumkin.
27 yoshli o'yinchi Angliya klubi hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin. Forvardning ehtimoliy narxi 35 million evroni tashkil etadi.
Allening "Ayaks" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U klubda 2021 yilning yanvaridan beri o'ynaydi.
Ivuarlik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" libosida 39ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar