"Ayaks" bosh murabbiyi - MYUning Antoniga qiziqishi haqida: "Biz CHLda o'ynaymiz, MYU esa yo'q"
22 avg 2022 12:17
Yangiliklar
"Ayaks" bosh murabbiyi - MYUning Antoniga qiziqishi haqida: "Biz CHLda o'ynaymiz, MYU esa yo'q"
"Ayaks" bosh murabbiyi Alfred SHreder hujumchi Antonining "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.
49 yoshli mutaxassis braziliyalikning "Ayaks"da qolishiga ishonchi komil.
"Bu borada menda yaxshi fikrlar bor. Albatta, bu qiyin. Uni yaxshi tushunaman. Ammo, u "Ayaks"da o'ynamoqda, shu sabab ko'plab klublar uning eshigini taqillatishadi. Yakunda, biz CHempionlar Ligasida o'ynaymiz, "Manchester Yunayted" esa menimcha, yo'q", — deydi SHreder.
Antoni o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar