So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  2 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

Avazxon Mamatxo'jaev: “Bu yil ancha tajriba orttirdim” Yangiliklar

Avazxon Mamatxo'jaev: “Bu yil ancha tajriba orttirdim”

Yakunlangan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasida bir qator iqtidorli yoshlar mavsum kashfiyotlari bo'lishdi. SHunday yoshlardan biri Avazxon Mamatxo'jaev bilan mavsum yakunlari haqida suhbatlashdik.

– Avazxon yakunlangan mavsum haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik.

– Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun ikki xil ko'rinish oldi desam xato qilmasam kerak. Birinchi davrada biz keragidan ortiqcha ochko yo'qotdik. Ikkinchi davrada jamoamizga No'mon aka Hasanov bosh murabbiy bo'ldilar. Tarkibimizda ham bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Natijada biz yil yakunida muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Jamoamiz rahbariyati bizga yaratib berayotgan sharoitlarni biroz bo'lsa-da oqladik desam bo'laveradi. Agar o'z maydonimizdagi “Navbahor” va “Mashal” jamoalari bilan bo'lgan o'yinlarda g'alaba qozonganimizda edi, biz mavsumni yanada yuqoriroq o'rinlarda yakunlar edik.

– O'z o'yiningizdan qoniqdingizmi ?

–  No'mon Hasanov kelgach menga ham asosiy tarkibda o'zimni ko'rsatishga  imkoniyat berdilar. Men bosh murabbiyimizga buning uchun juda katta rahmat aytmoqchiman. Birinchi marta oliy ligada o'ynadim. Boshida biroz hayajon bo'ldi. Ko'rsatgan o'yinimga muxlislar va mutaxasislar baho berishgani yaxshi. O'zimga qolsa o'yinimdan 50 foizga qoniqdim. Hali o'z ustimda ko'p ishlashim kerak.


– Maydonda bir qator tajribali futbolchilar bilan birga to'p surdingiz. Qaysi birlaridan ko'proq o'rgandingiz?

– Yaqindagina o'yinlarini tomosha qilib zavq olgan futbolchilarim Aziz To'xtaboev, Nosir Otaqo'ziev, Jalil Kimsanov, Ibrohim Rahimov kabi tajribali futbolchilar bilan bir jamoada to'p surganimdan baxtiyorman. Maydonda va maydon tashqarisida ham ulardan juda ko'p narsalarni o'rgandim. Ancha tajriba orttirdim. Ayniqsa Aziz aka va Nosir akalar menga ko'p tanbeh berib, maydonda qo'rqmay to'p uchun kurashishni o'rgatib kelishdi. Hali ulardan o'rganadigan jihatlarim ko'p deb o'ylayman.

– Sizningcha jamoamizni mavsumdagi eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?

– Barcha muxlislar ko'rishdi, bu yil ham eng ko'p gol kiritgan va maydonda eng jonkuyar o'yinchi Nosir Otaqo'ziev bo'ldilar. Nosir aka judayam tajribali futbolchi. Bu yilgi natijalarimizda barcha futbolchilarimizni hissalari bor. Eng yaxshi degan nomga manimcha  Nosir Otaqo'ziev munosib.

– Kelgusidagi rejalaringiz qanday ?

– Kelgusida jamoamizga ko'proq foydam tegishini istayman. Buning uchun murabbiylarimizni ko'rsatmalari ostida tinimsiz mehnat qilishga tayyorman. Asosiy tarkibda o'z o'rnimga ega bo'lishga astoydil harakat qilaman. Kelayotgan mavsum jamoamiz uchun omadli bo'lsin.

SHu o'rinda mavsum davomida bizni stadionga kelib qo'llab turgan barcha muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Keyingi yilda muxlislarimizni chiroyli o'yinlarimiz orqali xursand qilish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика