"Atletiko" prezidenti Grizmann borasidagi savolga: "Pul muammo emas"
16 may 2022 15:09
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti Grizmann borasidagi savolga: "Pul muammo emas"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona"ga tegishli bo'lgan forvard Antuan Grizmann kelasi mavsum ham madridliklar safida o'ynashini xabar qildi.
"Grizmann shu erda qoladi - u kelasi mavsumda "Atletiko" safida o'ynaydi. Birgalikda ishlashni rejalashtirganingizda pul muammo emas", - deydi Sereso.
"Atletiko" 2021 yilning sentyabrida Grizmanni "Barselona"dan xarid qilish majburiyati bilan ijaraga oldi. SHu bilan birga, Madrid klubi hujumchining ijarasini yana bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega. Francuzni kataloniyaliklardan xarid qilish narxi - 40 million evro.
Grizmann joriy mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar