"Atletiko" La Ligada o'zini ko'rsatgan Antonini sotib olmoqchi
03 may 17:30
Yangiliklar
"Atletiko" La Ligada o'zini ko'rsatgan Antonini sotib olmoqchi
Braziliyalik futbolchi hozirda ijarada o'ynamoqda.
"El Chiringuito" malumotlariga ko'ra, "Atletiko" Madrid ijara asosida "Betis"da to'p tepayotgan "Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri Antoni xizmatlaridan foydalanishga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchi uchun kamida 50 mln evro olishni xohlamoqda. Antonining o'zi Madrid jamoasiga o'tish imkoniyatiga ijobiy munosabatda.
"Manchester Yunayted" qanot hujumchisini qishda "Betis"ga ijaraga bergandi. Antoni Sevilya klubi safida 19 o'yin o'tkazib, 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar