"Atletiko" "Arsenal" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
20 apr 2022 02:13
Yangiliklar
"Atletiko" "Arsenal" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi rahbarlari yozda franciyalik himoyachi Uilyam Salibani sotib olish niyatida.
Xabarlarga qaraganda, "matraschilar" ushbu mavsumda ijara asosida "Marsel" safida harakat qilayotgan 21 yoshli franciyalik futbolchini yozda o'z safiga jalb qilishga harakat qiladi. Himoyachi huquqi Londonning "Arsenal" klubiga tegishli. Saliba hali "kanonirlar"ning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmagan.
Uilyam Saliba joriy mavsumda Liga 1 da 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar