Asror Aliqulov: "Raqibda 65-70 daqiqalardan so'ng bo'shliqlar paydo bo'lishini kutgandik"
20 apr 02:35
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Raqibda 65-70 daqiqalardan so'ng bo'shliqlar paydo bo'lishini kutgandik"
O'yin haqida
— Birinchidan, bu Superliganing 6-tur o'yini, ikkinchidan derbi edi. "Sho'rtan" anchadan beri bilamiz, ushbu jamoa pressing qilishni yaxshi ko'radi va biz bunga tayyorlangandik. Raqibda 65-70 daqiqalardan so'ng bo'shliqlar paydo bo'lishini kutgandik va shu sabab ayrim o'yinchilarimizni zaxira o'rindig'iga qo'ygandik. O'yin so'nggida birinchi goldan so'ng yanada aqlliroq o'ynaganimizda ikkinchisini ham kiritishimiz mumkin edi.
— Doston To'xtaboev so'nggi paytlarda ko'rinmayapti.
— U mavsum boshida raqobatda yutib chiqqani uchun harakat qilgandi. Ammo, so'nggi o'yinlarda yirik mag'lubiyat qabul qilib oldik. Uni qo'llab-quvvatlaymiz. Hozirda Umid Hamroevga ishonch bildiryapmiz, ikkalasi ham bizning futbolchilar. Qaysi biri tayyor bo'lsa, o'shani maydonga tushiramiz.
— Zaxira bo'yicha qilingan o'zgarishlar o'zini oqladi deb o'ylaysizmi?
— Ha, raqib 65-70 daqiqada pressingda o'ynaganidan keyin bo'shliqlar bo'lishini bilgan holda tezroq va abjirroq o'yinchilarimizni zaxirada qoldirgandik.
— Faoliyatingizda asosan "Sho'rtan" va "Mashal" o'tkazgansiz. Ammo, eng ko'p "Sho'rtan"ni mag'lub etgansiz. Bu raqibni bilishingizni anglatadimi yoki "Mashal" kuchlimi?
— Ayniqsa, raqibning yarim himoya chizig'i yaxshi o'ynadi. To'p bilan muamoalar qilishi va texnik jihatlari yaxshi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar