So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

Asror Aliqulov: "Futbolchi bahona qilib, to'liq kuch bilan o'ynamasa o'sishga erisha olmaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Futbolchi bahona qilib, to'liq kuch bilan o'ynamasa o'sishga erisha olmaydi"

Pro liganing navbatdagi turida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'z maydoni Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi.




Keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang natijaga imzo chekishdi. Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin og'ir kechishini bilgan edik. "Dinamo" jamoasi zich himoyalanishini, bo'ydor futbolchilarga ega ekanligini ularni o'rgani jarayonida ko'rib chiqdik. Uzun to'p oshirishlar orqali hujum tashkil qilishini bilardik. Raqib yaratgan havfli vaziyatlarning aksariyati standart vaziyat va uzun to'p oshirishlardan so'ng yuzaga keldi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, zich himoyani yorib o'tishda mahorat va tezlik muhim rol o'ynaydi. SHu tomondan birinchi bo'limda qiynaldik. Samarqand jamoasi bizni qarshi hujumlarga o'tishimizga yo'l qo'ymadi. Hisobda ortda borayotib etib olishga harakat qildik. Futbolchilarimdan mamnunman. Birinchi davrani birinchi o'rinda tugatishga erishdik deb o'ylayman.

Yil boshida tarkib yig'ishda shoshma-shosharlik qildik. Qisqa vaqt ichida jamoani shakllantirishimiz kerak edi. Biz taklif qilayotgan maoshlarga, takliflarga aksariyat futbolchilar ko'nishmaydi. Imkon darajasida tarkibni jamladik. Taqiqi bo'lmaganida yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoamizni kuchaytirish niyatimiz bor edi. Endi ixtiyorimizdagi bor futbolchilar bilan mavsumni yakunlaymiz.

Klub futbolchilar oldidagi maoshlarni to'lab bergan, faqat mukofot pullarini ozgina uzulish bor. Muhimi futbolchilardagi ishtiyoq yo'qolmasligi kerak. Futbolni sevib o'ynash lozim. CHetdagi muammolar maydondagi futbolchilarga tasir qilmasligi kerak. Turli narsalarni bahona qilib maydonda bor kuchi bilan o'ynamasa futbolchi sifatida o'sishga erishib bo'lmaydi.

Futbolchilarga biror jamoadan qo'rqmaslikni aytamiz. Ha, raqib safidagi Obid Jo'raboev, Eldor Boymatovlarni imkoniyatini yaxshi bilardik. Futbolchilardan tezlik bilan harakat qilishni, himoya va hujum o'rtasidagi bog'liqlikni ushlashni talab qilamiz. Agarda tezlik bo'lsa, futbolchi tayyorgarlikni maromida olib borsa qo'rqish ikkinchi darajali bo'lib qoladi.

Superligaga chiqishga ishonamanmi? Qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman. Tarkibimizda Pro liga saviyasidagi futbolchilar bor, ularni tayyorlab borishimiz kerak. Qaysidir vaziyatlarda o'zlarini yo'qotib qo'yishmoqda. Bo'sh joylarni boshqa futbolchi bilan yopishga majbur bo'lmoqdamiz",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика