So’nggi yangiliklar

08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  0 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  3 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  10 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37

Asror Aliqulov: "Birinchi bo'limda bizga ikkinchi bo'limdagi kabi shijoat etishmadi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Birinchi bo'limda bizga ikkinchi bo'limdagi kabi shijoat etishmadi"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Mashal" – "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Shiddatli o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" hujumkor jamoa, tarkibida baland bo'yli futbolchilar bor. Shu bois birinchi bo'limda raqib markazdan hujumdan o'tmasligi uchun harakat qildik. Himoyalandik, hujumga chiqishda qiyinchiliklarga duch keldik. Gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, hujumlar tashkil etdik va gol urdik. Birinchi bo'limda bizga ikkinchi bo'limdagi kabi shijoat etishmadi. VAR golni nega bekor qilganini tushunmadim, o'yindan tashqari holatdir balki. Keyinchalik ham gol urdik, o'yinning oxirida yoki biz, yoki raqib yutib ketishi mumkin edi. Faollik uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman.

- Ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Jamoada ikkinchi bo'limda faollik ortishiga nima turtki bo'ldi?

- Ehtimol, qayd etilayotgan hisobdan kelib chiqib bo'lishi mumkin. Birinchi bo'limda raqib tezlik tomonlama ustunlik qildik. Himoyalandik, hujumga chiqa olmadik va ko'p kuch yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan o'zgarishlar o'yinimizni kuchaytirdi. Yigitlar borlarini berib harakat qilishdi va durang natijaga erishdik.

- Hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Birinchi bo'lib bizning golimiz bekor qilindi. VAR ko'rib chiqdi, shunday xulosaga kelindi. Ikkinchi bo'limda bizning darvozaga urilgan gol ham VAR tomonidan bekor qilindi. Blogerlar vaziyatni oynai jahon orqali ko'radi, ularga jarayon yaxshiroq ko'rinadi. Muhimi futbolchilar o'z ishlarini qilishdi.

- Jamoangiz hujum chizig'ini 5 ballik tizimda necha ballga baholagan bo'lardingiz?

- Endi "Bunyodkor"ga qarshi hujumdanoq himoyani tashkil qilishimiz kerak. Ko'rdingiz, Humoyun Murtozaev to'pni darvozabondan "o'g'irlab" qo'ydi, biroq o'sha vaziyatda qandaydir omad kelmadi. Og'ir o'yin, Humoyun Murtozaev bugun yaxshi harakat qildi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Shohnazar Norbekov ozroq o'yin tempiga kirishib keta olmadi desak to'g'riroq bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика