Aspilikueta: "Menga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishmasligini yaxshi bilardim"
07 iyu 2023 22:12
Yangiliklar
Aspilikueta: "Menga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishmasligini yaxshi bilardim"
"Atletiko" futbolchisi sifatida tanishtirilgan Sesar Aspilikueta o'zining transferi haqida gapirdi.
Futbolchi Madrid klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
"33 yoshdaman va shu sababli 5 yillik shartnoma taklif qilishlarini kutganim ham yo'q. Bu normal holat. O'tgan mavsum boshida "CHelsi" bilan 2 yillik shartnoma imzolagandim va keyin ketishni istadim.
Ammo doimo maydonga tushishga loyiq bo'lish kerak. Har kuni asosiy tarkibda bo'lish uchun harakat qilyapman. Umid qilamanki, hali uzoq yil futbol o'ynayman. Hammasiga to'g'ri yondashsam, shunday bo'lishi ham mumkin", - dedi "Atletiko"ning yangi futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar