So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Asker Najafaliev OFKning Yosh hakamlar akademiyasidagi seminarda ishtirok etmoqda Yangiliklar

Asker Najafaliev OFKning Yosh hakamlar akademiyasidagi seminarda ishtirok etmoqda

SHu yilning 24-26 fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan tashkil etilgan Yosh hakamlar akademiyasida dastlabki o'quv kurslari tashkil qilingani va unda hamyurtimiz Rustam Lutfullin qatnashgani haqida xabar berib o'tgandik.

26 fevral - 2 mart kunlari mazkur akademiyada yana bir seminar o'tkaziladi.

Ushbu seminarda yana bir hamyurtimiz Asker Najafiliev qatnashmoqda. OFKning Yosh hakamlar akademiyasini tashkil qilishdan asosiy maqsad kelgusida nafaqat Osiyoda, balki jahon birinchiliklarida ham ishlaydigan, muhim uchrashuvlarni boshqara oladigan malakali elit hakamlar guruhini tayyorlashga qaratilgan.

O'quv kurslari davomida futbol qoidalariga kiritilgan va kiritilish kutilayotgan o'zgarishlar haqida ishtirokchilarga malumotlar berib borilmoqda. SHuningdek, futbolda ro'y beradigan bahsli vaziyatlar aks etgan videokliplar namoyish qilinib, bunday vaziyatlarda qanday qaror chiqarish zarurligi o'rgatilmoqda. Bundan tashqari, o'quv kurslari ishtirokchilari o'zlari ham maydonda amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, bu mashg'ulotlar videotasvirga olinyapti. Keyin mazkur tasvirlar ishtirokchilarning o'zlariga namoyish qilinib, xatolar tahlil qilinmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика