As: “Zidan “Atletiko”ga uchralgan 3:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng echinish xonasiga kirmagan”
28 iyu 2019 07:37
Yangiliklar
As: “Zidan “Atletiko”ga uchralgan 3:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng echinish xonasiga kirmagan”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan International Champions Cup musobaqasida jamoasining “Atletiko”ga sharmandali hisobda (3:7) mag'lubiyatga uchraganidan so'ng echinish xonasiga kirmagan.
Manbaning xabariga ko'ra, Zidan o'yin tugashi bilan to'g'ri matbuot anjumaniga yo'l olgan, u erda jurnalistlarning savollariga javob qaytargach, anjumandan chiqib to'g'ri klub avtobusi tomon yo'l olgan. Futbolchilar so'nggi soniyagacha kayfiyatlari bir ahvolda murabbiyini kutgan bo'lishsada, u echinish xonasiga kirishni istamagan. Xabarlarga ko'ra, Zidan mag'lubiyatdan juda darg'azab bo'lgan va vaziyatni yanada chigallashtirishni istamagan.
Matbuot anjumanida esa Zidan “Real” yangi mavsumni omadli o'tkazishiga ishonch bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar