Artur: "Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman"
02 sen 2022 18:29
Yangiliklar
Artur: "Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman"
Yarim himoyachi transfer oynasining so'nggi kunida sotib olish huquqi bilan ijara asosida Yurgen Klopp jamoasiga qo'shildi.
"Men bu erda bo'lganimdan va shunday emblemaga ega buyuk libosni kiyganimdan juda xursandman. Bu orzu edi", – deya gap boshladi braziliyalik xavbek.

- Kelajagingiz haqida ko'p gapirildi. Nega "Liverpul"ga o'tdingiz?
- Ko'p gaplashdik, fikr va qarashlarimiz bir-biriga to'g'ri keldi. SHuning uchun to'g'ri tanlov bo'lganiga ishonchim komil.
Juda xursandman va g'ayratliman. Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman. "Liverpul" uchun borimni berib o'ynayman.
- Ilgari katta klublarda o'ynagansiz, endi yana top-klubga o'tyapsiz. Hozir sizni ko'proq nima ilhomlantiradi?
- "Liverpul"ning ajoyib tarixi bor. "Liverpul"ga qarshi o'ynaganman. Men bu maydonda to'p tepish nima ekanligini yaxshi bilaman. O'shanda men "Liverpul"ga qarshi jamoa tarkibida edim, ammo hozir men to'g'ri tomondaman, shuning uchun juda hayajonlanyapman.
Ajoyib murabbiy va futbolchilarga ega top-klubdaman. Yuqorida aytganimdek, bu erda bo'lish – orzu.
- Har doim Premer-liga sizga mos keladi, deb o'ylaganmisiz?
- Hamisha o'zimni Angliya klubida sinab ko'rishni xohlaganman. Menimcha, APL – dunyoning eng yaxshi ligasi. Men doim shu erda o'ynashni xohlaganman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar