Arteta: "Yakshanba kuni ham shunday o'yinni takrorlashimiz kerak"
08 mar 00:53
Yangiliklar
Arteta: "Yakshanba kuni ham shunday o'yinni takrorlashimiz kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining PSVga qarshi ko'rsatgan o'yinini MYU bilan bahsda ham takrorlash umidida.
"Bu biz uchun eng muhim turnirlardan biridagi eng muhim oqshom bo'ldi. Ushbu g'alaba barchamizni uyg'otishi kerak. Endi biz bu ajabtovur o'yinimizni yakshanba kuni ("Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda) ham takrorlashimiz lozim.
Lyuis-Skellini almashtirish? Uni xavf ostiga qo'yishni istamadim. Biz o'yinni boshqarishimiz kerak edi. Bu u uchun dars bo'lishi kerak va bunday holatda biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. U juda aqlli va o'ziga bo'lgan talabi juda katta. U bu erda bo'lsa, doimo o'rganishga, izlanishga, bilim olishga tayyor", - dedi Arteta.
"To'pchilar" navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar