Arteta "Arsenal"ning kelajakdagi transfer siyosati haqida gapirdi
18 iyu 2023 10:44
Yangiliklar
Arteta "Arsenal"ning kelajakdagi transfer siyosati haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, "kanonirlar" joriy transfer oynasida yana yangi futbolchilarni olishlari mumkin.
"Keyingi bir necha hafta ichida voqealar qanday rivojlanishini ko'rishimiz kerak. Har qanday holatda ham biz doimo izlanishdamiz. Muayyan o'yinchini sotib olish uchun hali vaqt bor. Sotuvlar haqida ham xuddi shunday deyishim mumkin", – dedi Mikel Arteta.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ushbu mavsumda himoyachi Yurrien Timber, shuningdek, yarim himoyachilar Kay Haverc va Deklan Rays bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi. Raysning transferi "kanonirlar" tarixidagi rekord bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar