Arteta – APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi
03 fev 2023 17:33
Yangiliklar
Arteta – APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi
Yangi yilning birinchi oyida Arteta boshqaruvida "Arsenal" uchta o'yinda 7 ochko to'pladi. "To'pchilar" 2003/04 yilgi mavsumdan keyin ilk bor chempionlik uchun kurashayotgan joriy mavsumda ushbu uch uchrashuv titul uchun davogarlarga qarshi kechdi.

"To'pchilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 13 ta o'yinga etdi. Bu so'nggi 5 yillikdagi eng yaxshi natija.
Ispaniyalik mutaxassis ushbu sovrinni Pep Gvardioladan keyin qatorasiga ikki oy o'ziniki qilgan birinchi murabbiyga aylanmoqda. Bu joriy mavsumdagi uchinchi va umumiy hisobdagi beshinchi sovrin bo'ldi. Bir mavsumda eng ko'p eng yaxshi murabbiy bo'lib rekord qo'yish esa Yurgen Kloppga nasib etgan. Unda bitta mavsumda qo'lga kiritilgan 5 ta sovrin mavjud. Arteta boshqaruvidagi jamoa shunday o'ynashda davom etsa, ushbu natija takrorlanishi yoki yaxshilanishi ham mumkin.
40 yoshli mutaxassis eng yaxshi murabbiy bo'lish yo'lida Stiv Kuper, Roberto De Dzerbi, Unai Emeri va Tomas Frankni ortda qoldirdi. Natijalar muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalari qo'shilgan holda hisoblandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar