"Arsenal" Trossard bilan shartnoma borasida kelishib oldi. "Brayton" bilan muzokaralar yuqori bosqichda
19 jan 2023 17:24
Yangiliklar
"Arsenal" Trossard bilan shartnoma borasida kelishib oldi. "Brayton" bilan muzokaralar yuqori bosqichda
"Arsenal" "Brayton" yarim himoyachisi Leandro Trossardni sotib olmoqchi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "Brayton" bilan muzokaralarga kirishgan – ular allaqachon yuqori bosqichda. "Arsenal" yarim himoyachining transferi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlagan.
Trossard bilan shaxsiy bitim shartlari kelishib olindi. Muzokaralar davom etmoqda, tomonlar kelishuvni tez orada yakunlamoqchi.
Avvalroq belgiyalik murabbiy Roberto De Dzerbi bilan mojaro tufayli "Brayton"ni tark etishi mumkinligi malum bo'lgandi.
Trossard joriy mavsum APLda 16 ta o'yinda qatnashib, 7 ta to'p kiritdi – bu jamoadagi eng yaxshi natija.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar