"Arsenal" Pepedan tezda yangi klub haqida qaror qabul qilishni so'radi
21 avg 2022 12:39
Yangiliklar
"Arsenal" Pepedan tezda yangi klub haqida qaror qabul qilishni so'radi
"Arsenal" hujumchisi Nikolas Pepe faoliyatini "Nicca"da davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar futbolchini ijaraga berish masalasini muhokama qilishmoqda, shu sababli ingliz klubi rahbariyati ivuarlikdan yangi klubi haqida tezroq qaror qabul qilishni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Pepe 2019 yilning yozida "Lill"dan "Arsenal"ga 80 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Umuman olganda, 27 yoshli ivuarlik futbolchi "kanonirlar" safida 112 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Pepeni 25 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar