"Arsenal" Martinelli bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi
03 fev 2023 15:59
Yangiliklar
"Arsenal" Martinelli bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi
21 yoshli futbolchi SHimoliy Londonda to'rtinchi mavsumni o'tkazmoqda. Braziliyalik futbolchi shu paytga qadar "to'pchilar" libosida 111 ta o'yinda ishtirok etgan.
O'tgan mavsum asosiy tarkibda 36 ta o'yinda maydonga tushgan hujumchining yaxshi formasi joriy mavsumda ham davom etmoqda. U shu paytgacha Angliya Premer-ligasining 19 ta uchrashuvida boshlang'ich tarkibda va barcha turnirlarda 27 ta o'yinda ishtirok etdi va 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Martinellining yangi shartnomasi borasida klub sport direktori Edu shunday dedi:
"Gabi biz bilan yangi shartnoma tuzgani juda yaxshi bo'ldi. Jamoamiz poydevori yosh iqtidorlar asosida qurilishda davom etmoqda.
Gabi hali 21 yoshda, u katta qobiliyat va shaxsiyatga ega futbolchi. Biz yangi shartnoma borasida kelisha olganimizdan xursandmiz".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar