"Arsenal" futbolchisi afsonaviy Rayt natijasini takrorladi
16 fev 19:23
Yangiliklar
"Arsenal" futbolchisi afsonaviy Rayt natijasini takrorladi
Londonning "Arsenal" jamoasi o'z maydonida "Uigan"ni yirik hisobda mag'lub etib, Angliya Kubogining 1/8 finaliga yo'l oldi.
Mikel Arteta shogirdlari 4:0 hisobida g'alaba qozondi va barcha to'rtta golni birinchi bo'limning o'zida urdi. Nonni Madueke, Gabriel Martinelli va Gabriel Jezus bittadan gol urgan bo'lsa, raqib futbolchisi Jek Xant o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi.

Qizig'i shundaki, "Arsenal" Premer-liga tarixi (1992-93 yilgi mavsumidan beri)da Angliya Kubogi o'yinining dastlabki 30 daqiqasida to'rtta gol urgan ilk jamoaga aylandi.
Shuningdek, Gabriel Martinelli "Arsenal" safida bir mavsumda Kubok va Evropa musobaqalarida 10 va undan ortiq gol urgan ilk futbolchiga aylandi — bungacha bunday natijani 1994-95 yilgi mavsumida afsonaviy Ian Rayt (12 gol) qayd etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar