"Arsenal" "Emireyts" stadionini kengaytirmoqchi
07 okt 19:09
Yangiliklar
"Arsenal" "Emireyts" stadionini kengaytirmoqchi
Klub vaqtincha "Uembli" stadioniga ko'chib o'tishi mumkin.
2006 yildan beri "Arsenal"ning uyi bo'lgan "Emireyts" 60 700 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, Premer-ligada 6-o'rinda turadi.
"Emireyts" keng va zamonaviy stadion bo'lsa-da, ammo hozirgi voqeliklar, Premer-ligadagi raqobatchilarning faolligi va moliyaviy feyr-pley qoidalarining mavjudligi "Arsenal"ni shu ishni qilishga undamoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, aniq vaqtini taxmin qilishga hali erta, ammo "Arsenal" qurilishni 2026/27 yilgi mavsum oxiridan erta boshlashni rejalashtiriayapti.
"Emireyts" stadionining hozirgi tuzilishi 10 000 o'rindiqni qo'shish imkonini beradi, ammo buning uchun "Arsenal" stadionni qurish uchun yigirma yil avval xarajat qilgan 380 million funt sterlingidan ikki baravar qimmatroqqa tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar