Ar-Riyodga etib kelgan "Paxtakor" delegaciyasi "Real" yashagan mehmonxonaga joylashdi
10 mar 20:48
Yangiliklar
Ar-Riyodga etib kelgan "Paxtakor" delegaciyasi "Real" yashagan mehmonxonaga joylashdi
Qirol Xolid xalqaro aeroportida Toshkent klubi delegaciyasini O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi xodimlari tomonidan kutib olindi. Shundan so'ng "Paxtakor" "Al Hilol" tomonidan ajratilgan avtobusda "Movenpick" mehmonxonasiga yo'l oldi. Darvoqe, "Paxtakor" joylashgan mehmonxonadan Saudiyaga tashrifi chog'ida Madridning "Real" klubi ham "boshpana" sifatida foydalangan ekan.
Takidlash joiz, "Paxtakor" klubi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan maxsus charter reysda "sherlar"ni muhim o'yinda qo'llab-quvvatlash uchun 150 kishi etib keldi. Ular orasida 10 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bor. Jamoa bilan birga kelgan 120 nafarga yaqin "Paxtakor" muxlislar klubi azolaridan tashqari Saudiya zaminida tahsil olayotgan, ishlayotgan hamyurtlarimiz ham ertangi uchrashuvda futbolchilarni yolg'izlatib qo'yishmaydi.
Malumot uchun, bugun Saudiya vaqti bilan soat 21:30 (Toshkentda 23:30)da har ikki klub ishtirokida rasmiy mashg'ulot, uning ketidan bosh murabbiy va bir nafardan futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyruga jamoa yarim himoyachisi Jonatan Lukka hamrohlik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar