So’nggi yangiliklar

17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   0 17:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Хоразм ФА". Таркиблар маълум  0 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  0 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  0 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  5 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  9 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  9 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  5 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  5 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  2

APL. "Manchester Siti" ortiqcha qiyinchiliksiz "Vulverxempton"ni taslim etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" ortiqcha qiyinchiliksiz "Vulverxempton"ni taslim etdi

Tez orada Angliya chempionati 8-turidan o'rin olgan "Vulverxempton" – "Manchester Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Vulverxempton" – "Manchester Siti" 0:3"Moline Stedium" o'yingohi
Gollar
: 0:1 – 1 Grilish, 0:2 – 16 Xoland, 0:3 – 69 Foden.

"Vulverxempton" – Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri (Semedu, 81), Moutinyu, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Podense (Traore, 70), Gedesh (Xvan Xi CHxan, 70), Netu (Kempbell, 86).

"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gyundogan, 72), Bernardu Silva (Alvares, 72), Rodri (Serxio Gomes, 81), Grilish (Palmer, 77), Foden (Marez, 72), Xoland.

Ogohlantirish: Rodri (13), Mateush Nunesh (65), Ruben Nevesh (66).

CHetlatish: Kollinz (33).




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+3-daqiqa. O'yindagi oxirgi hujumni ham "Siti" amalga oshirdi, lekin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirgach, hakam final hushtagini chaldi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. Hamma tinchlanib bo'lgan va faqatgina Xolland gol urgisi kelyapti. U zaxiradan tushgan ancha yosh futbolchilarga qaysi pallada, qaerga to'pni oshirish kerakligini aytib yuribdi.    

86-daqiqa. O'zgarish! Pedru Netu o'rniga Xem Kampbel maydonga tushdi. 

84-daqiqa. "Siti" o'yin tugashini kutayotgandek, to'pni shunchaki nazorat qilib, oldinga o'tish haqida ortiqcha o'ylamayapti. Mezbonlar esa bunga qarshilik qila olishmayapti.  

81-daqiqa. O'zgarish! "Vulverxempton"da ham o'zgarish. Ait Nuri o'rniga Nelson Semedu. 

81-daqiqa. O'zgarish! Rodri o'rniga Serxio Gomes

79-daqiqa. "Siti" ikki marta ketma-ket burchak zarbasi amalga oshirdi, lekin bundan naf chiqmadi. 

77-daqiqa. O'zgarish! Jek Grilish o'rnini yosh, iqtidorli Koul Palmerga bo'shatib berdi.   

73-daqiqa. Ruben Diash hozirgina maydonga tushgan Xvan Xi CHanning ustiga chiqib ketay dedi.  

72-daqiqa. O'zgarish! Fursatdan foydalanib Pep o'yinchilarni o'zgartirib olmoqda. Kevin de Bryuyne, Fil Foden va Bernardu Silva ketdi, ularning o'rniga Riyad Maxrez, Ilkay Gyundogan hamda Xulian Alvares o'yinga qo'shildi.    

71-daqiqa. Yaqinda hayotdan ko'z yumgan qirolicha Elizavetta II xotirasiga bag'ishlab barcha qarsak chalmoqda.   

70-daqiqa. O'zgarishlar! Gonsalu Gedesh va Daniel Kashtelu o'rniga Bubakar Traore hamda Xvan Xi CHan maydonga tushirildi. 

69-daqiqa. GOOOOOOOL! Fil Foden hisobni yirik ko'rinish hosil qilishini taminlamoqda. Kevin de Bryuynedan yana bir assist.

67-daqiqa. "Siti"da bir hujumda ikki marta gol urish uchun imkon bo'ldi. Lekin birinchi kiper, keyin himoyachi to'p darvoza to'riga borib tushishiga yo'l qo'yishmadi.

65-daqiqa. Ogohlantirish! Mateus Luisga Kanseluni "o'rib" yuborgani uchun kartochka ko'rsatildi 

64-daqiqa. Mezbonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

62-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin to'p Kanseluga kelib tushdi, portugaliyalik futbolchi uni o'ziga o'nglab, kuchli zarba berdi, ammo noaniq. 

59-daqiqa. Gonsalu Gedeshning zarbasi umuman o'xshamadi. 

58-daqiqa. Daniel Podensening ichkariga oshirib bergan to'pi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi. 

56-daqiqa. Kevin de Bryuyne Goonsalo Gedeshga nisbatan qoidani buzdi. "Bo'rilar" jarima to'pini tepish huquqini qo'lga kiritishdi.

52-daqiqa. Pedru Netu raqib himoyasini yorib o'tishga urindi. Himoyachilarning qarshiligidan so'ng to'p maydondan chiqib ketdi.

47-daqiqa. Kastro Grilishga nisbatan qo'pol harakat qildi.

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi! 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45+1-daqiqa. Kevindan yana bir urinish, biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Kam ko'radiganimiz, Kevin De Bryuyne qulayroq vaziyatdagi sherigiga to'pni uzatmay, o'zi zarba berdi.  

42-daqiqa. "Vulverxempton" futbolchilari pressingdan chiqib ketib, paslar orqali raqib jarima maydonchasigacha etib borishgandi, Manuel Akanji barchasini bir tiyin qildi. 

39-daqiqa. Daniel Kashtelu chaproqdan markazga qarab yurdi va zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.  

37-daqiqa. "Siti" uchun hech nima o'zgarmagandek. Pep shogirdlari shoshmasdan to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.

Jek Grilish maydonga qaytdi. 


Natan Kollins: Hali senlarmi, bizga birinchi daqiqadan gol uradigan


CHamamda, Kollins bugun maydonda qiladigan ish yo'qligini tushunib, ertaroq ketishni niyat qilgan.

33-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Jek Grilishga nisbatan keskin harakat uchun hakam mezbonlar himoyachisi Natan Kollinsga qizil kartochka ko'rsatdi.  

28-daqiqa. Jek Grilish faqatgina 3-4 metrdan gol ura olarkan shekilli. Bu safar u jarima maydonchasi tashqarisidan omadini sinab ko'rgandi, to'p yuqoriroqdagi tribunalarga ravona bo'ldi.  

Ruben Neveshning zarbasi qovushmadi. 

25-daqiqa. To'pni talashib o'tirgisi kelmagan Akanji Pedru Netuni turtib, maydonga qulatib qo'ya qoldi. Jarima zarbasi.

23-daqiqa. Mezbonlar hujum uyushtirishdi, lekin Pedru Netuning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Bu harakatlar Pepga juda yoqib tushdi va murabbiy sardoriga "besh" tashlab qo'ydi. 

20-daqiqa. Mezbonlar tezkor javob hujumini boshlamoqchi edi, kiper to'pni qanot himoyachisi Ait Nuriga tashladi, ammo qaerdandir katta tezlikda Kevin de Bryuyne raqib oldida paydo bo'ldi hamda shoshib qolgan "Vulverxempton" futbolchisi to'pni maydondan chiqarib yubordi.   

16-daqiqa. GOOOOOOL! Erling Xolland "Siti" mashg'ulotida ham gol urishi bundan qiyinroq bo'lsa kerak. Norvegiyalik to'pni egalladi, o'girilib, darvoza tomon biroz yaqinlashdi va jarima maydonchasiga kirmay, zarba berdi.  

Biroq bu safar ham "bo'rilar" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

14-daqiqa. Moutino jarima zarbasidan yo'llagan to'p jonli devordagilardan biriga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

11-daqiqa. "Vulverxempton"ning hujumini Kanselu uzib qo'ydi.

8-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek.

5-daqiqa. "Siti" gol bo'lgan hujumni deyarli takrorladi, ammo bu safar himoyachi to'p raqibning jarima maydonchasidagi futbolchisiga o'tishiga yo'l qo'ymadi. 

4-daqiqa. "Vulverxempton" hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq standart vaziyatdan naf chiqara olmadi.  

GOOOOOOOL! O'yin bizda goldan boshlandi desak, mubolag'a bo'lmaydi. O'ng qanotdan rivojlangan hujum, KDBning uzatmasi va jarima maydonchasi markazida paydo bo'lgan Jek Grilish to'pni darvozaga yo'lladi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 


"Vulverxempton" – "Manchester Siti"
16.30, "Moline Stedium"

"Vulverxempton" – Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri, Moutinyu, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Podense, Gedesh, Netu.

"Manchester Siti" – Ederson, Akanji, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Grilish, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Holand.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика