So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  26 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  46 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

APL. "Liverpul" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" irodali g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 5-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

"Enfild Roud"da o'tgan uchrashuv mezbonlarning g'alabasi bilan tugadi. Uchrashuvda hisob "Nyukasl"ning yangi azosi Aleksader Isak tomonidan ochilgandi. 2-bo'limda Firmino muvozanatni tiklagan bo'lsa, 90+8-daqiqada mersisaydliklar g'alaba golini urishdi. Referi o'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shgan edi. 

Ushbu g'alabadan keyin Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi. Peshqadam "Arsenal" bilan oradagi tafovut 7 ochko. TURNIR JADVALI

Liverpool

Roberto Firmino - 61', Fabio Carvalho - 90'

Premier League . 5-tur

01/09/2022, 01:00

1
:
2
Tugadi

Newcastle United

Alexander Isak - 38'

Stadion: Anfield, 53316 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
61'  Roberto Firmino
61'  Mohamed Salah
71'  Jordan Henderson (James Milner)
71'  Andrew Robertson (Konstantinos Tsimikas)
71'  Trent Alexander-Arnold (Fabio Carvalho)
90'  Fabio Carvalho
90'  Mohamed Salah
38'  Alexander Isak
38'  Sean Longstaff
64'  Alexander Isak (Chris Wood)
64'  Ryan Fraser (Jacob Murphy)
84'  Miguel Almiron (Elliot Anderson)
87'  Jamaal Lascelles
90'  Kieran Trippier

Liverpul 2:1 Nyukasl

00.00, «Enfild»

Gol: Firmino (61), Fabiu Karvalo (90+8) - Isak (38)

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson, Fabino, Henderson, Elliott, Dias, Saloh, Firmino.

Nyukasl – Poup, Tripper, Bern, Lassels, Targett, Freyzer, Longstaff, Uillok, Almiron, Joelinton, Isak.

Ogohlantirish: Lassels (88), Tripper (90)

MATNLI TRANSLYACIYA

sahifani yangilash

O'yin yakunlandi. Mersisayd klubi iroda ko'rsatib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

+9. "Nyukasl" futbolchilari hakamga etiroz bildirishmoqda. Eslatib o'tamiz, o'yinga 5 daqiqa qo'shilgan edi.

+8. Goooooool! Fabiu Karvalo burchak zarbasidan keyin "Liverpul"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

+7. Mehmonlar oldinga o'tishgandi. Anderson zarba berishni cho'zib yubordi.

+3. Joelinton maydonda yotibdi. Ammo "Liverpul" futbolchilari o'yinni davom ettirishyapti.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Diasga nisbatan qoida buzgan Tripper ham ogohlantirildi.

88. Uchrashuvda birinchi sariq kartochka Jamal Lassellsga ko'rsatildi.

84. Elliot Anderson Almironni almashtirdi.

83. Fabinoning zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. Salohning uzatmasiga Dias zarba berdi. To'p rikoshet bilan Poupning qo'liga borib tushdi.

75. "Liverpul" g'alabani o'z tomoniga og'dirish uchun hujumlarga zo'r beryapti. 

71. Endryu Robertson o'rniga Cimikas tushurildi.

70. Milner Jorden Xendersonni almashtirdi. Endi van Deyk "Liverpul" sardori sifatida o'yinni davom ettiradi.

64. Freyzer va Isak o'yindan oldindi. Ularning o'rniga Kris Vud hamda Jeykob Myorfi maydonga tushdi.

61. Goooool! Roberto Firmino hisobni tenglashtirdi. Braziliyalik hujumchiga to'pni Muhammad Saloh etkazib bergan edi.

60. Xarvi Elliotning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

55. Goooool! Isakdan ajoyib harakatlar. Yo'q, bu vaziyatda shveciyalik hujumchi ofsaydda qolgan ekan.

53. Robertsonning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

50. "Nyukasl" pressingda zo'r ishlayapti.

48. Trippr bitta podkat bilan Diasni zararsizlantirdi.

47. Darvozabonning oldinga chiqqanini ko'rgan Saloh to'pni Poupning ustidan darvozaga tashlamoqchi bo'lgandi, ammo...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. To'pni mehmonlar o'yinga kiritib berishdi.

Andre Marriner birinchi bo'limga yakun yasadi. Tanaffus!

+3. "Liverpul" 1 daqiqa ichida 2-"korner"ini ishladi. Ammo ulardan naf chiqmadi.

+1. Nik Poup havodan uzatilgan to'pni ilib oldi.

45. Taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Mezbonlarning yana bir hujumi natijasiz tugadi.

42. Robertson jarima maydoni ichidagi Hendersonni topdi. Jordaning chap oyoqdagi zarbasi juda kuchsiz chiqdi.

38. Gooooool! APLda debyut qilayotgan Aleksandr Isak  Alissonni dog'da qoldirdi.

34. Ux! Luis Dias bu gal darvozabonni ham aldab o'tdi, ammo to'pni darvozaga kirgaza olmadi.

33. Jo Gomez Freyzerga nisbatan qoidani buzdi.

29. Kiran Tripperning zarbasi Alissonga qiyinchilik tug'dirmadi.

27. Endi "Nyukasl" futbolchilari qulay nuqtadan jarima zarbasi tepishadi.

25. Robertsoning jarima maydoni markaziga uzatgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasi.

20. Mezbonlarning keskin hujumiga yakuniy qo'yadigan kishi topilmadi. Bu vaziyatda Luis Dias yaxshi o'ynagandi.

18. Freyzerning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. "Enfild"ga yig'ilgan muxlislar sokin tempga guvoh bo'lishyapti.

11. Isakning "Liverpul" jarima maydoni ichidagi aldamchi harakati Fabinoning erga qulashiga sabab bo'ldi. Ammo Aleksandrning zarbasi ancha noaniq ketdi.

8. Jordan Xendersonning jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga mersisaydlik hujumchilar etib kela olishmadi.

7. Luis Diasning uzatmasini Jamal Lassels "blokladi".

3. Nik Poupga shifokorlar yordami ko'rsatilyapti. Mazkur darvozabon 21 avgust kuni "Man Siti" bilan o'yinda qahramonlardan biri bo'lgandi.

1. Uchrashuv start oldi. Yaqin 90 daqiqada mobaynida ajoyib futbol guvohiga aylanashimiz mumkin.

Liverpool

Roberto Firmino - 61', Fabio Carvalho - 90'

Premier League . 5-tur

01/09/2022, 01:00

1
:
2
Tugadi

Newcastle United

Alexander Isak - 38'

Stadion: Anfield, 53316 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
61'  Roberto Firmino
61'  Mohamed Salah
71'  Jordan Henderson (James Milner)
71'  Andrew Robertson (Konstantinos Tsimikas)
71'  Trent Alexander-Arnold (Fabio Carvalho)
90'  Fabio Carvalho
90'  Mohamed Salah
38'  Alexander Isak
38'  Sean Longstaff
64'  Alexander Isak (Chris Wood)
64'  Ryan Fraser (Jacob Murphy)
84'  Miguel Almiron (Elliot Anderson)
87'  Jamaal Lascelles
90'  Kieran Trippier

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика