So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

APL. Sarri hech qaerga ketmoqchi emas. "CHelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. Sarri hech qaerga ketmoqchi emas. "CHelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi

Teglar :  CHelsi Tottenxem
APLning 28-turi doirasidagi "CHelsi" - "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

"CHelsi" - "Tottenxem" 2:0
Gollar: Pedro (57, 1:0), K.Tripper 84 (avtogol)


"CHelsi":
Kabalero, Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Alonso, Jorjino, Kante, Kovachich (Loftus-CHik, 77), Pedro, Iguain (Jiru, 80), Azar (Villian, 60).
"Tottenxem": Loris, Triper, Alderveyrld, Sanches, Devis, Uinks, Sissoko, Eriksen, Lamela, Son (Moura, 80), Keyn.

Chelsea

Pedro Rodriguez - 57', Kieran Trippier - 84'

Premier League . 28-tur

28/02/2019, 01:00

0
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: Stamford Bridge, 40542 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
57'  Pedro Rodriguez
57'  Cesar Azpilicueta
60'  Eden Hazard (Willian)
77'  Mateo Kovacic (Ruben Loftus-Cheek)
84'  Gonzalo Higuain (Olivier Giroud)
84'  Kieran Trippier
90'  David Luiz
70'  Erik Lamela (Fernando Llorente)
80'  Heung-Min Son (Lucas Moura)
85'  Moussa Sissoko (Danny Rose)
90'  Harry Kane

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. MEZBONLAR MUHIM G'ALABANI QO'LGA KIRITDI. O'Z NAVBATIDA SARRI HAM OLDIDAGI TANQIDLARNI BIROZ BO'LSA-DA, ARITDI.

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. O'yin surati tushganicha yo'q. Harakat qilishmoqda jamoalar.

84. GGGGGGGGGGGOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!!! Triperdan qovun. U darvozabonga to'pni oshiraman deb avtogol urib qo'ydi.

84. O'zgarish. Iguain o'rniga Jiru.

83. Uinksning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

80. O'zgarish. O'yinda juda faol bo'lgan Son o'rnida Moura o'ynaydi.

77. O'zgarish. Kovachich o'rniga Loftus-CHik.

71. O'yin surati biroz tushdi. Hozircha xavfli vaziyatlar sodir qilinmayapti.

Oradan 68-daqiqa o'tdi. "Tottenxem" hali ham darvozaga aniq zarba bera olmadi.

67. Alderveyrldning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

65. Tashabbus "shporlar"da. Devisning chap qanotdan uzatgan to'piga Keyn aniq zarba bera olmadi.

64. Dahshat hujum va dahshat himoya. Aslida himoyachi vazifasini Pedro bajardi. Eriksen raqib jarima maydonchasi ichida to'pni egallab oldi va bir necha raqibini aldab o'tdi. Pedro esa tavakkalga borib, Eriksenning oyog'iga tashlanib, to'pni olib qo'ydi.

60. O'zgarish. Azar o'rniga Villian.

57. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Pedro o'ng qanotdan Alderveyrldni aldab o'tdi va darvozaga zarba berdi. Ochkodan gol, 1:0!

55. Kichik ustunlik mezbonlar tomoniga o'tdi.

53. GOOOOOOOLLLL!!!! EMAASSSSS!!! Iguain darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishg'ol qildi. Ammo offsayd.

48. "CHelsi" ikkinchi bo'limni katta ishtiyoq bilan boshladi. Alonsoning zarbasi himoyachilarga teggan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

47. Taym startidanoq Igauin zarba berdi. Ammo himoyachilarning blokidan o'tmadi bu.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI. TANAFFUS.

44. ZARBAAAAAAA!!! Uinksning uzoq masofadan bergan zarbasi Kabaleroning ustidan o'tib, to'singa tegib maydonga qaytdi.

43. "Tottenxem" ushbu standartdan ham unum chiqara olmadi.

42. Keynning zarbasini himoyachi qaytarib yubordi. Burchak zarbasi.

41. G'alati statistika. O'yin hujumorroq kechayotgan bo'lsa-da, aniq zarba ko'rmadik...

34. "Tottenxem"dan xavfli vaziyat. Sanchesning zarbasi himoyachiga teggan holda Songa bordi. Uning pasidan keyin Keynning zarbasini darvozabon qaytardi. Ammo ungacha koreyalik futbolchi offsaydda qolgani qayd etildi.

31. "Tottenxem" hujumda fol ishlatdi. Biroq "CHelsi" tezda to'pni yo'qotdi. Son Xen Minning zarbasini himoyachi qaytardi.

Xarri Keyn feyr-pley qoidalariga rioya qilmagani "CHelsi" futbolchilariga yoqmadi.

26. Territorial ustunlik mehmonlar tarafiga o'tmoqda. "CHelsi" biroz himoyaga chekindi.

24. Devisning pasidan keyin Son to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi. Aks holda koreyalik darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin edi.

21. Jorjinoning pasini Iguain qabul qilib olganida hisob ochilishi mumkin edi. Ammo Loris to'pga peshvoz chiqdi.

19. Loris pas oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Oqibatda to'pni "CHelsi" futbolchilari egallab olishdi. Azarning pasidan so'ng Iguainnig bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. Maydondagi jamoalarning hujum tashkil etishida uzilishlar ko'p bo'lmoqda.

13. Kovachichning 18 metrlardan qaychi usulidagi bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Sonaldo uchrashuvda juda faol o'ynamoqda.

8. Kantening o'ng qanotdan uzatgan to'piga Pedro boshi bilan zarba bera olmadi. Albatta, uning bo'yi biroz pastroq-da.

6. ZARBAAAAAAAAA!!!!!! Iguainning zarbasini ustun qaytardi, holos. Loris vaziyatni qo'ldan chiqarib yuborgandi.

5. Alonsoning jarimadan bergan zarbasini jonli devor qaytardi.

4. Uinks o'z darvozasi yaqinida Azarni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Bugun "CHelsi" darvozasini Villi Kabalero qo'riqlaydi. Kepa esa Liga Kubogi finalidagi qilig'i uchun jazosini olmoqda.

- Uchrashuv boshlanmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика