So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  3 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

APL. Pedro, Pedro, Pedro! Pedroning so'nggi daqiqalarda urgan goli "Brayton"ga "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishga yordam berdi Yangiliklar

APL. Pedro, Pedro, Pedro! Pedroning so'nggi daqiqalarda urgan goli "Brayton"ga "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishga yordam berdi

APLning 2-turidan o'rin olgan "Brayton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing.

APL, 2-tur

"Brayton" - "Manchester Yunayted" 2:1

Gol: 1:0 – 32 Uelbek, 1:1 – 60 Diallo, 2:1 – 90+5 Joao Pedro.

Brayton – Stil, Dank, van Xekke, Veltman, Xinshelvud, Gilmor (Ayyari, 90), Milner (Baleba, 73), Mitoma (Adengra, 90), Joao Pedro, Minte (Ryutter, 90), Uelbek (Ensiso, 79).

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Martines, Maguayr (de Ligt, 79), Mazraui, Maynu, Kazemiro, Maunt (Zirkze, 46), Reshford (Garnacho, 65), Diallo (Antoni, 90), Brunu Fernandesh (Maktominey, 79).

Ogohlantirish: Diallo (76), Maynu (78), van Xekke (89).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi



90+5. GOOOL. PEDRO, PEDROOO. Hisobni o'zgartirmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berdi

90. O'zgarish: Georginio Ratter, Yasin Ayari, Saymon Adingra maydonga tushdi. Ular Kaoru Mitoma,     Yankuba Minte va Billi Gilmor maydoni tark etdi.

90. O'zgarish: Amadning o'rniga Antoni tushdi.

86. Uchrashuv so'nggi qismida mezbonlarning o'yini ancha qiziq bo'lmoqda

79. O'zgarish:  Skott Maktominey va Matteys de Ligt maydonga tushdi. Ular Xarri Maguayr va Brunu Fernandesh alishtirdi.

79. O'zgarish: Xulio Ensiso Denni Uelbek alishtirdi.

78. Ogohlantirish: Maunt ogohlantirildi

77. "Brayton"da navbatdagi hujum. Pedroning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

70. GOOOL. MYUdan super qarshi hujum bo'ldi. Garnacho hisobni o'zgartirdi. Biroq to'p darvozaga kirayotganda Zirkzega teydi va yon hakam bayrog'ini ko'tardi. Bekor bo'lgan gol juda g'alati bo'ldi

66. Kazemironing uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

65. O'zgarish: Reshford maydoni tark etdi, uning o'rniga Garnacho tushdi

59. GOOL. Amad Dialo hisobni tenglashtirmoqda. MYUning yosh futbolchisidan super harakatlar va ajoyib gol

58. Denni Uelbek jarimadan uzatilgan to'lga birinchi bo'lib boshi bilan zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi ustunga tegmoqda

55. Denni Uelbekning boshi bilan yo'llagan zarbasi to'g'ri Onananing qo'liga bordi

54. Mehmonlarning navbatdagi hujumi yana omadsizlik bilan yakunlandi

52. Milner hisobni oshirishi mumkin edi, faxriy futbolchining zarbasi darvozabondan o'tdi, biroq so'nggi soniyada Dalot to'pni darvozadan olib chiqdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Zirkze Mountni alishtirdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

37, Mauntning aniq va kuchli zarbasini darvozabon qaytardi

33. Reshvord hisobni tenglashtirgandi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi

32. GOOOL. Mitomadan ajoib uzatma va Denni Uelbek hisobni ochdi. Mehmonlar himoyachilari "uxlab qoldi"

27. MYU uchrashuvni ancha hujumkor o'tkazmoqda. Dalotning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Hozircha zarbalar etarli, biroq aniq zarba yo'q

23. Kazerimironing boshi bilan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

17. Maunt raqibdan to'pni olib qo'ydi va xavfli hujum tashkil qilishi mumkin edi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

11. Dalot qanotda super harakat qildi va to'pni to'g'ri Amadning oyog'iga tashlab berdi, biroq MYUning yosh futbolchisi imkoniyatidan foydalana olmadi

10. Pedruning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

6. Mehmonlar raqibni o'z jarima maydonchasining o'zida pressing qilishmoqda va buning natijasida MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика