So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  1 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

APL boshlanmoqda: “Manchester Siti” yana chempion bo'ladimi? (tahlil) Yangiliklar

APL boshlanmoqda: “Manchester Siti” yana chempion bo'ladimi? (tahlil)

Angliyaning “Manchester Siti” klubi ushbu mavsumda ketma ket uchinchi bor APLda zafar quchishni o'z oldiga maqsad qilgan.

Biroq Erling Xolandning jamoaga kelib qo'shilishi tutqich bermas Evropa CHempionlar Ligasi titulini qo'lga kiritishga yordam bera olarmikan?! Angliya chempionatini o'tgan yili eng yuqorida yakunlagan jamoa bu yil ham chempionlikka erishishiga tahlilchilar ishonishmoqda. Keling, buni ro'yobga chiqaruvchi omillar va jamoadan nimalar kutish mumkinligi borasida fikr yuritamiz.

Istiqbollar
“Manchester Siti”ning asosiy maqsadi ECHLda g'alaba qozonish hisoblanadi. Har mavsum uchun o'z oldiga yanada yuksak marralarni ko'zlab yo'lga chiqadigan jamoa uchun ichki chempionatda birinchi o'rindan past qayd etilgan har qanday natija omadsizlik, deya qabul qilinadi. Pep Guardiola yangi mavsum uchun muxlislarga sovg'alar tayyorlamoqda. U Sitiga ananaviy hal qiluvchi 9 raqam bo'la oladi, deya ishonch bilan Erling Xolandni keltirdi. Undan Evropaning top klublariga qarshi kechadigan murakkab o'yinlarda o'zini ko'rsatish talab qilinadi. Xuddi avval Serxio Aguero buni muvaffaqiyatli uddalagani kabi. Jamoa Erling argentinalikning o'rnini bosishidan ko'proq narsani kutmoqda. “Manchester Siti” kuboklarni qalashtirib tashlaydigan kuchga ega bir paytda buni o'ziga xos tarzda bajarish kerak bo'ladi.



Xuddi har mavsum avvalida bo'lgani kabi Sitida kelish va ketishlar ko'p bo'ldi. Biroq jamoadagi hamma narsaning markazida Kevin De Bryuyne bo'lib qolaveradi. Klub ishtirok etadigan to'rttala musobaqada ham Kevinning ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Belgiyalik o'tgan mavsumdagi APL chempionligiga eng ko'p hissa qo'shdi va bu mavsumda ham u jamoaning boshqa futbolchilariga qaraganda ko'proq ter to'kishiga to'g'ri keladi. Bu yo'lda takomillashgan “Liverpul” evolyuciyasi jamoaga jiddiy to'sqinlik qilishi kutilmoqda. Hozirdan shuni aniq ayta olamizki, bizni ikki klub o'rtasida chempionlik talash bo'ladigan qiziqarli mavsum kutib turibdi. Klub har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladigan vositalarga ega va katta ehtimol bilan buni amalga oshirishadi. Jamoa o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq o'ynash uchun qo'lidan kelganicha kurashadi. Agar siz hukmronlikka odatlangan bo'lsangiz, taslim bo'lish varianti umuman mavjud bo'lmaydi. Bir nechta yangi chehralarning qo'shilishi esa doim yuqori marralarni ko'zlovchi jamoani yanada quvvatlantirishga xizmat qiladi. Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” oxirgi 5 mavsumda 4 bor chempion bo'lgan bo'lsa, bittasida ikkinchi o'rin qayd etilgan. 



Murabbiy
Guardiola haqida aytadigan yangi gap yo'q. U mukammallikni talab qiladi va undan biroz kamrog'i uni g'azablantirib yuborishi turgan gap. Yordamchi murabbiy Xuanma Lilo Qatarning “Al Sadd” klubiga o'tib ketganidan so'ng yordamchilar shtabini ham jiddiy qayta ko'rib chiqib shakllantirish majburiyati yuzaga keldi. Ushbu voqeadan so'ng “orqa xona” vakillarini ham jiddiy silkitishga to'g'ri keldi. Oldin klubda 23 yoshli futbolchilar jamoasini boshqargan “Vest Bromvich”ning sobiq yarimhimoyachisi Enco Mareska “Parma” blsh murabbiyi lavozimini tark etib, ketib qolgan ispaniyalik murabbiy o'rnini to'ldirdi. Bu o'zgarish jamoaga yangi g'oyalar olib kirishi va kiyinish xonasida yangraydigan yangi ovoz salmoqli o'zgarishlarni ko'rsatishi kerak. Guardiola Etihaddagi ettinchi mavsumini boshlash arafasida. 2016 yilda klubga olib kelinganidan buyon mutaxassis kutilganidan ko'proq natijaga erishdi. U beshinchi chempionlik titulini ham o'ziniki qilishni juda xohlaydi. Pep Rahim Sterling va Gabriel Jezusga jamoani tark etishga ruxsat berdi. Ularning o'rnini bosadigan futbolchilardan sobiq poziciya egalaridan o'zib ketadigan natijalarni qayd etishiga optimistik tarzda ishonadi.



Transferlar
“Siti”ning o'tgan mavsumlardagi mayda kamchiliklari barchaga ayon bo'lib qoldi. Jamoaga haqiqiy hujumchi etishmay kelayotgan edi. Transfer oynasi hali ochilmagan paytda klub Erling Xolandni “Real”ga boy berib qo'yayotganidan juda afsusda edi va kelasi mavsumda uni o'z tarkibida ko'rishdan nihoyatda mamnun bo'lishi ko'rinib turgan edi. U o'tgan mavsumda juda ko'p jarohat olgan bo'lsada u maydonga tushgan kamdan kam o'yinlarda maydonni golsiz tark etar edi. Norvegiya terma jamoasi futbolchisi atigi 22 yoshda bo'lishiga qaramay CHempionlar Ligasi va Bundesligada o'ynash bo'yicha katta tajriba orttira oldi. Bu esa uning Angliyada o'ynab keta olishiga ishonch bildirilishini taminladi.



Jahon CHempionati tasiri
Etihad kampusida bu oy ancha tinch o'tadi. Boshqa top klublarda bo'lganidek “SHaharliklar” ham qandaydir maqtanishga sabab bo'ladigan nimadirga erishish uchun Yaqin SHarqqa yo'l oladi. Garet Sautgeyt “Siti”ning deyarli besh nafar o'yinchisini tarkibga jalb etadi. Jamoa yulduzlari o'z terma jamoalarida o'zlarini ko'rsatishga urinib ko'rishadi va Boksing Deyda “Lids”ga o'yinda maydonga tushish uchun etib kelishadi va oyni nisbatan tinchroq o'tkazadi. “Manchester Siti” o'tgan mavsumda 29 ta o'yinda zafar quchdi. Yana 6 o'yin durang bilan tugagan bo'lsa, 3 ta o'yinda “shaharliklar” mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi.



Forma savdosidagi etakchilik
SHarqiy Manchesterda Kevin De Bryuynedan mashhurroq bo'lish juda qiyin. Futbolchi etti mavsum davomida muxlislarni to'p uzatishlari, to'p bilan ustalik bilan muomala qilishi va har ikkala oyog'ida miltiqdan o'q uzgandek zarba bera olishi bilan hayratga solib keldi. Agar u yana bir necha mavsumni mana shunday yuqori saviyada o'tkaza olsa, u ham boshqa afsonalar kabi o'z haykalini Etihadda o'rnatadi va ketishidan oldin uning bo'ynida ko'playu medallar shodasi osilib turadi. Biz ushbu sovrinlar qatorida tez orada CHempionlar Ligasi g'olibligi ham bo'lishini umid qilib qolamiz.



Ijtimoiy tarmoq “jinnisi” Jek Grilish
Angliyalik vinger o'zining turli ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida zavqlanayotgan onlarini boshqalar bilan o'rtoqlashib keladi. Grilish muxlislarga va qolaversa internetda uni kuzatib boruvchilarga nimalar yoqishini juda yaxshi biladi. Uning ijodidagi ko'plab hazillar internet foydalanuvchilari orasida virusdek yoyilib ketdi. U uchta yirik ijtimoiy tarmoq bo'ylab millionlab obunachilarni o'ziga jalb eta oldi va bu ko'rsatkich oshishda davom etmoqda. Grilish ijrosidagi “jig” Etihadda sodir bo'lsa yu kim ham buni o'tkazib yuborishni xohlar edi?!




West Ham United

Premier League . 1-tur

07/08/2022, 20:30

2
:
0
Tugadi

Manchester City

Erling Haaland - 36', Erling Haaland - 65'

Stadion: London Stadium, 62443 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
29'  Lukasz Fabianski (Alphonse Areola)
57'  Michail Antonio (Gianluca Scamacca)
57'  Manuel Lanzini (Said Benrahma)
90'  Jarrod Bowen (Flynn Downes)
90'  Pablo Fornals (Conor Coventry)
36'  Erling Haaland
45'  Joao Cancelo
65'  Erling Haaland
65'  Kevin De Bruyne
78'  Ilkay Gundogan (Bernardo Silva)
78'  Erling Haaland (Julian Alvarez)
88'  Phil Foden (Riyad Mahrez)
88'  Kevin De Bruyne (Cole Palmer)
89'  Rodri (Kalvin Phillips)


MANBA 

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика