So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  29 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Anzur Ismoilov Abduqodir Husanov haqida: "Manchester Siti"ga moslashish va debyut o'yinda "CHelsi"ga qarshi o'ynash hamma o'ylagandek oson jarayon emas" Yangiliklar

Anzur Ismoilov Abduqodir Husanov haqida: "Manchester Siti"ga moslashish va debyut o'yinda "CHelsi"ga qarshi o'ynash hamma o'ylagandek oson jarayon emas"

"Lokomotiv" jamoasi kecha Toshkentdagi yig'in doirasidan o'rin olgan so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. "

"Dinamo" raqiblik qilgan o'yinda "temiryo'lchilar" g'alabani o'ziniki qildi. Aytish mumkinki, bu yil jamoa tarkibi yangilanish bilan bir qatorda etakchilarni ham saqlab qoldi. Bu shubhasiz Anzur Ismoilovdir. 2025 yilda 40 yoshga to'ladigan himoyachi hamon yashil maydonda javlon urmoqda. O'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisining fikrlari bilan qiziqdik. 

- 40 yoshda o'zingizni katta futbolda qanday his qilyapsiz? Bunday yoshda jismonan kuch taraflama muammolar bo'lmayaptimi?

- Yoshim katta bo'lishiga qaramay o'zimda to'p tepishga kuchli ishtiyoq bor. Ozgina yoqimsizlik yoki tugatishga extiyoj sezsam tugataman. Yugurish, sakrash, jismoniy tomonlama kuchim etarli ekan o'ynashda davom etyapman. Menimcha 40 yoshda futbol o'ynayotgan faqat o'zim qolgan bo'lsam kerak (kuladi).

- "Lokomotiv" bilan Pro ligaga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Superligada o'ynashimiz ham mumkin edi. Lekin nima ham derdik. Pro ligada "Lokomotiv"ni elitaga qaytaramiz. Ochig'ini aytganda yaxshi jamoa shakllanmoqda. 

- Pro ligada jamoalar soni kamligiga munosabatingiz qanday?

- Aslini olib qaraganda rostdan ham Pro ligada jamoalar soni kam. Jamoalar soni qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Kamida yiliga 30 ta o'yin o'tkazishimiz kerak. Oxirigacha kutamiz. 

- Suhbat davomida Abduqodir Husanov haqida so'ramasak bo'lmaydi. Uning "Manchester Siti"ga o'tishi va debyut uchrashuvi sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Abduqodir Husanov kuchli futbolchi. Bilasizmi, futbolchini faqat o'z mehnati yuksaltiradi. U bizning haqiqiy iqtidorimiz. "Manchester Siti"dek jamoaga birdaniga kirishib ketish va debyut o'yinda "CHelsi"ga qarshi o'ynash hamma o'ylagandek oson jarayon emas. Unda hammasi oldinda. 

- Husanovning asosiy yutug'i va ustun tarafi nimada?

- Tezligi yuqori va juda xotirjam harakat qiladi. To'pni egallab tepib yubormaydi va aql bilan ish tutadi. To'pni o'zida yaxshi ushlaydi. 

- Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Oldindagi qisqa vaqtda terma jamoamiz kerakli natijani ko'rsata oladimi?

- Timur Toxirovichga ishonamiz. Uning futboli hammaga yoqadi. O'tgan yili Olimpiadaga olib chiqdi. Har bir musobaqada maksimal natija ko'rsatib kelyapti. Murabbiyimizni qo'llab-quvvatlaymiz va Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonamiz. Hozirda eng muhimi qo'llab-quvvatlash.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика