Anxel Di Mariya: "Benfika"dan qo'ng'iroq qilishganida Portugaliyaning qaerda joylashganini bilmaganman"
21 jan 00:05
Yangiliklar
Anxel Di Mariya: "Benfika"dan qo'ng'iroq qilishganida Portugaliyaning qaerda joylashganini bilmaganman"
"Benfika"ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda "Rosario Sentral" jamoasi uchun o'ynayotgan Anxel Di Mariya mamlakatga kelgunicha Portugaliyaning qaerda joylashganini bilmaganini aytdi.
"Bu murakkab qaror edi. Hech qachon voqealar qanday rivojlanishini bilmaysan. Menga qo'ng'iroq qilishganida, Portugaliya qaerda joylashganini bilmasdim, garchi hozir Lissabonni sevib qolgan bo'lsam-da. U erda portugal tilida gaplashishar ekan, bundan bexabar edim. Menga bu Portugaliyaning eng kuchli klubi, Chempionlar Ligasida ishtirok etish tajribasiga ega bo'lgan yirik jamoa ekanligini tushuntirishdi. Bu juda taassurotli edi," - deya Di Mariyaning so'zlarini Marca nashriyoti Telefé’ga asoslanib keltiradi.
Argentinalik futbolchi 2007 yilda "Rosario Sentral"dan "Benfika"ga o'tgan va u erda 2010 yilgacha o'ynagan. Shuningdek, u 2023-2025 yillar oralig'ida ham Portugaliya klubida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar