So’nggi yangiliklar

09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  0 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  3 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  1 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  2 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  236 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16

Anvar Berdiev: "Ushbu uchrashuvda meni xursand qilgan narsa - "nol"ga o'ynaganimiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Ushbu uchrashuvda meni xursand qilgan narsa - "nol"ga o'ynaganimiz"

"SHo'rtan" hamda "Yunired" o'rtasidagi Pro liganing 16-tur o'yinidan (3:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Anvar Berdiev ishtirokida matubot anjumani o'tkazildi.

Anvar Berdiev: "Bahs og'ir o'tdi. "Yunired" ikkinchi davrani yaxshi boshladi. Ular G'uzorga yaxshi kayfiyatda kelishgan edi, biroq shogirdlarim barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Imkoniyatdan foydalanib barchani "Mustaqillik bayrami" bilan tabriklayman".

- Uchrashuvdagi dastlabki gol 9 daqiqada urildi. Tezkor gol hisob yirik ko'rinishga kelishiga yordam berdimi?

- Futbol 90 daqiqa davom etadi, gollar esa soniyalar ichida uriladi. To'g'ri, tezkor gol ishimizni osonlashtirdi, lekin futbolchilarimga doim bir gapni qaytaraman: "Bahs dastlabki xushtakdan, oxirgi xushtak ovozigacha davom etadi".

- "SHo'rtan" hozirgacha 20ta gol urib, 18ta gol o'tkazib yuborgan. Bu normal holatmi?

- Yo'q, normal emas. Himoyachilar bilan ishlayapmiz, biroq bu bahona bo'la olmaydi. Jamoamiz so'nggi bor "nol"ga o'ynaganini eslay olmayman, yigitlar bugun xursand qilishdi.

- Zaxiradagilar ishonchni oqlashdimi? Ularning vazifasi hisobni ushlab qolishmidi yoki ko'proq gollar urish?

- Men hech qachon zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchilarga hisobni ushlab qolish haqida gapirmayman.

- Bu bahs "SHo'rtan"ning mavsumdagi eng yaxshi o'yini bo'ldi deya olasizmi?

- Har bir o'yinda qiynalyapmiz. Ushbu uchrashuvda meni xursand qilgan narsa - "nol"ga o'ynaganimiz. Hujumdagi futbolchilarimiz ham o'z vazifalarini yaxshi bajarishdi. Hali oldinda o'yinlar bor, bu "SHo'rtan"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yini emas.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика