Anvar Berdiev: "O'yin bitta golgacha bo'ldi, uni esa "Mashal" urdi"
20 apr 02:14
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "O'yin bitta golgacha bo'ldi, uni esa "Mashal" urdi"
O'yin haqida
— O'yin bitta golgacha bo'ldi va jamoalar bir-biriga teng raqiblar edi. "Mashal" o'zining bitta vaziyatidan foydalanib ketdi. Biz esa foydalana olmadik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.
— Bitta o'yinda to'rtta sariq kartochka va qizil kartochka... Jamoada intizom bo'yicha kamchiliklar bormi?
— Bu borada hech qanday muammo yo'q. Hujumchi qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda bunday o'ynamasligi kerak edi. Hujumchida raqib darvozasiga zarba berish ishtiyoqi yuqori va bo'ladi va o'yinchimiz bu vaziyatda o'zini tuta olmay qoldi deb o'ylayman.
— Adashmasam, Sirojiddin Qo'ziev jamoa bilan shartnoma imzolagan, ammo u maydonda ko'rinmayapti.
— Esingizda bo'lsa, Sirojiddin Qo'ziev "Navbahor"ga qarshi o'yinda jarohat olib, bahs oxiriga etkazib qo'yolmagandi. Bundan tashqari, eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri Shaxzodjon Nematjonov ham ancha paytdan beri jamoamizga yordam berolmayapti. Albatta, ularning o'rni bilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar