So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Anvar Berdiev: "Mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga katta etibor qaratgandik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga katta etibor qaratgandik"

Pro liga 15-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Turon" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev ishtirok etdi.




"Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. SHu biz kutgan narsa yana yuz berdi. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga etibor qaratgandik. Bugun ham yana shunday holatda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Keyingi o'yinimiz ham Kubok doirasida "Andijon"ga qarshi kechadi. Pro ligada hech narsa malum emas. Hamma o'yinlar oldinda turibdi. Hayot davom etadi, keyingi bahslarga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi Berdiev.  

- "Turon" avvalgi o'yinlarda mazmunli futbol ko'rsatayotgandi. Bugun jamoa yaxshi o'ynamagandek. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Futbolda har doimo ham siz kutgan narsa ro'y bermaydi. Balki bunga futbolchilarim o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rishgani sabab bo'lgandir. Birinchi bo'limda o'zim ham jamoam o'yinidan qoniqmadim. Goldan keyin jamoamiz ikkinchi taymda o'z o'yinini ko'rsata oldi. Humoyun Murtozaev va Aziz Ibragimovda ham hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar bo'ldi, biroq omadimiz kelmadi. Bu o'yinni taxlil qilamiz va keyingi o'yinlarga tayyogarlik ko'ramiz. 

- Humoyun Murtozaev bugun yo'qolib qolgandek....

- Men bunday fikrda emasman. Qolaversa, "Andijon" himoyachilari ancha tajribali hisoblanadi. Murtozaevga ham oson bo'lgani yo'q. Lekin u vaziyatlarga ega bo'ldi. Esingizda bo'lsa, birinchi davradagi o'yinda uning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgandi. Bugun ham unda imkoniyat bo'ldi, undan foydalana olmadi. Hujumchi qachon ko'zga tashlanadi? Qachonki, u gol ursa, shunda ko'zga tashlanadi. 

- "Andijon" birinchi davradagi kabi bugun ham standart vaziyatdan foydalanib ketdi. Jamoangiz mashg'ulotlarda bunga katta etibor bermaganmidi?

- Biz mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga katta ahamiyat berdik. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda ham, biz aytgan futbolchimiz Mamatkazin bilan oxirigacha kurash olib bormadi va ular to'p kiritdi. Lekin mashg'ulotlarda bunga etibor qaratgandik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика