So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

Anvar Berdiev: "Kubokda keyingi bosqichga chiqish masalasini uydagi o'yinlarda hal etish kerak" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Kubokda keyingi bosqichga chiqish masalasini uydagi o'yinlarda hal etish kerak"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Turon" – "SHo'rtan" (4:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev va futbolchisi Abdug'ani Kamolov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida 

- Hammani Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. Futbolchilarimizga ajoyib o'yin ko'rsatishgani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'ylaymanki, o'yin muxlislarga manzur keldi. Kubokda keyingi bosqichga chiqish masalasini uydagi o'yinlarda hal etish kerak. Xudoga shukrki, futbolchilar shuni to'g'ri tushunib, maydonda bor kuchini sarfladilar. Muxlislarimizga ham rahmat!

- Ikkinchi taym avvalida birdaniga 3 futbolchini almashtirdingiz. Bu ularning o'yinidan qoniqish qilmaganingizdan dalolat beradimi?

- Yo'q, birinchi taymda kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilarni o'ynatishga harakat qildik. O'yin borishiga qarab o'zgarishlar qildik. Xudoga shukrki, qilgan o'zgarishlarimiz samara berdi. 

- Tojikistonlik legionerlarning o'yini borasida nima deya olasiz?

- Jamoaga yangi kelgan har bir futbolchi qiyinchilikka uchraydi. O'ylaymanki, ozroq vaqt kerak. Ular istedodli futbolchilar.

"O'yin qiyin o'tishini bilardik. Biz bir jamoa bo'lib harakat qildik va murabbiyimiz ko'rsatmalarini to'liq bajardik. "SHo'rtan"ga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Muhimi, Kubok bahsidagi birinchi g'alabamizni qo'lga kiritdik. Xudo xohlasa keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqamiz degan umiddaman.

Ilgari himoyada o'ynardim, hozir vinger bo'lib o'ynayapman? Ha, asosan, himoyada o'ynayman. Biroq taktikaga qarab, o'ynayveraman. Asosiysi, jamoamga foydam tegsa bo'lgani", – dedi Abdug'ani Kamolov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика